• Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
  • Bioxilma-xillikni yo‘qotilishi




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    Bioxilma-xillikni yo‘qotilishi
    Orol dengizining falokati mintaqa iqlimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, landshaft bioxilma-xilligining 
    yo‘qolishiga olib keldi. Bularga noyob morfologiyali qirg‘oqbo‘yiga ega bo‘lgan va shamol 
    ta’sirida yemirilgan tekisliklar, Ustyurt irmoqlari, orolning quruq pasttekisliklari, shamol ta’siri 
    ostida vujudga kelgan tog‘ oldi tekisliklari, eroziya tufayli paydo bo‘lgan sho‘rxok xandaqchalar, 
    jo‘yak katakchalari, tepaliklar, platolar va qumtepa massivlari kiradi. Natijada yovvoyi hayvon 
    va o‘simliklarning 50 dan ortiq turi (turon yo‘lbarsi, osiyo gepardi, sirtlon (do‘lta) va boshqalar) 
    yo‘q bo‘lib ketdi, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ko‘paydi (sut emizuvchilarning 12 turi, 
    qushlarning 26 turi va o‘simliklarning 11 turi). Baliqlarning 11 turi, jumladan, Orol bahrisi va Orol 
    lososlari kabi noyob turlar yo‘qolib ketdi, yetishtiriladigan baliqlarning soni 13 turga kamaydi.
    2023-yil 1-yanvar holatiga Orolbo‘yida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va 
    Buxoro viloyatlari) umumiy maydoni 3,756 mln. ga bo‘lgan 9 ta muhofaza etiladigan tabiiy 
    hududlar mavjud.
    Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
    Atmosfera, tuproq va suvning ifloslanishi va sifatining yomonlashishi aholi salomatligiga salbiy 
    ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Eng jiddiy muammo, bu – aholining sifatli ichimlik suvi bilan 
    ta’minlanishi. Orolbo‘yi aholisining yarmidan ko‘prog‘i, ayniqsa, qishloq joylarda tarkibida 
    minerallar ko‘p bo‘lgan sifati past bo‘lgan suvdan foydalanishga majbur. Suvning ifloslanishi, 
    qurigan Orol dengizi tubidan ko‘tarilayotgan chang va tuzlarning miqdori kasallanish, umumiy 
    va bolalar o‘limi, shuningdek, bir qator somatik kasalliklar: anemiya, buyrak kasalligi, oshqozon-
    ichak kasalliklari, nafas olish organlari, qon kasalliklari, o‘t toshlari, yurak-qon tomir va onkologik 
    kasalliklarning yuqori darajada ko‘payishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Qariyb 60 foiz uy 
    xo‘jaliklarining oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajasi past. Aksariyat tumanlardagi xo‘jaliklar 
    meva, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish uchun tomorqa yerlari hamda qora mollarga ega. 
    Xususiy tomorqalarda yetishtirilgan mahsulotlar, asosan uy xo‘jaliklari uchun bo‘lib, uning faqat 
    o‘ndan bir qismigina sotiladi.
    O‘rganilayotgan hududlarda barqaror elektr energiyasi va yoqilg‘i ta’minotining yetarli 
    emasligi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. 2006-yildan 2016-yilgacha O‘zbekiston va 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasida markazlashtirilgan tabiiy gaz ta’minoti hajmining qisqarishi 
    kuzatilgan edi. Qishloq aholisi isitish va yegulik tayyorlash uchun tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va 
    yoqilg‘idan (ko‘mir) markazlashgan ravishda foydalanadi. Bunda muqobil energiya – quyosh va 
    shamol energiyasi manbalarini rivojlantirish zarur.


    67
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    Iqtisodiyot tarkibida qishloq xo‘jaligi ustunlikka ega, iqtisodiyotda sanoat va xizmat ko‘rsatish 
    sohasining ulushi esa, respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada ortda qolmoqda. 
    Qishloq xo‘jaligida bandlik, jami bandlikning 25,1 foizini tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi, asosan yer va suv resurslarining holatiga 
    bog‘liq. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning yarmi o‘rtacha darajadan past
    qishloq xo‘jaligi maydonlari esa so‘nggi o‘n yil ichida 177,1 ming gektarga kamaygan. Umuman 
    olganda, yaylov va yerlar mahsuldorligining pasayishi, to‘qay o‘simliklarining nobud bo‘lishi va 
    ko‘llarning qurishi 100 mingdan ortiq ish o‘rnining yo‘qolishiga olib keldi.
    O‘tgan asrning 1970-yillariga qadar Orol dengizi sohiliga yaqin aholining 80 foizdan ortig‘i baliq 
    va baliq mahsulotlarini ovlash, qayta ishlash va tashish bilan shug‘ullangan. Dengizning quriy 
    boshlashi natijasida 1979-yilga kelib dengizda kemalarning yurishi to‘xtatildi, 1984-yildan esa 
    dengiz o‘n minglab odamlarni ishsiz qoldirgan holda, o‘zining baliq ovi sanoatini butkul yo‘qotdi. 
    Shu bilan birga, mintaqa, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy salohiyati, qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chakana tovar aylanmasi bo‘yicha hamon oxirgi, xalq 
    iste’moli mollarini ishlab chiqarish bo‘yicha esa oxiridan bir pog‘ona oldingi o‘rinni egallaydi 
    (
    https://www.aral.mptf.uz/site/aralsea.html#drying
    ). 

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish