62
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat
(10 yil)
O‘rta muddat
(3 yil)
Izohlar
Bioxilma-xillikni
yo‘qotish
CIRCLE-MINUS
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Ma’lumotlarga ko‘ra,
yovvoyi
hayvon va o‘simliklarning 50
dan ortiq turi (turon yo‘lbarsi,
osiyo gepardi, sirtlon (do‘lta) va
boshqalar) yo‘qolib ketgan. Yo‘q
bo‘lib ketish xavfi ostida turgan
turlar soni esa ko‘paygan (sut
emizuvchilar – 12 ta tur, qushlar –
26 ta tur va o‘simliklar – 11 ta tur).
Oziq-ovqat
xavfsizligi
CIRCLE-MINUS
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Qariyb 60 foiz uy xo‘jaliklarining
oziq-ovqat bilan ta’minlanish
darajasi past. Aksariyat
tumanlardagi xo‘jaliklar meva,
sabzavot va poliz ekinlarini
yetishtirish
uchun tomorqa yerlari
hamda qora mollarga ega.
Kasallik
CIRCLE-MINUS
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Mahalliy aholi nafas yo‘llari
kasalliklari, kamqonlik, saraton
va oshqozon tizimi kasalliklaridan
aziyat chekadi.
Jigar va buyrak
kasalliklari bilan kasallanish
holatlari ham oshib bormoqda.
Ichimlik suv va
sanitariya xizmatlari
bilan ta’minlanganlik
⚪
Barqaror
CIRCLE-PLUS
Ijobiy
Suv ta’minoti
muammolarini hal
qilish uchun 1500 km uzunlikda
xo‘jalik va ichimlik suvi tarmoqlari
qurildi, bu esa markazlashgan
ichimlik suvi ta’minoti
darajasini
40% dan 68,1 % gacha oshirish
imkonini berdi.
Manba: Mualliflar.
• XX asrning ikkinchi yarmida Orol dengizi uchun beqarorlik davri boshlandi. Antropogen
ta’sir natijasida yuzaga kelgan bu davr suv hajmi va oqimining kamayishi, sho‘rlanishning
ko‘payishi, baliqlar bioxilma-xilligining kamayishi va boshqa salbiy jarayonlar bilan
tavsiflanadi.
• Orol dengizining qurishi barcha qo‘shni davlatlar ekotizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda,
uning tang
ahvoli bevosita Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston, xususan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari, bilvosita Tojikiston
va Qirg‘izistonga tarqalmoqda.
• Sug‘orish uchun suvning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi, minerallashuvining kuchayishi,
pestitsidlar, dalalarning oqovalari, tuz, chang va pestitsidlarni ko‘chirib yuruvchi shamol
bo‘ronlari janubdagi
aholi zich joylashgan, iqtisodiy va ekologik jihatdan muhim hudud
bo‘lgan Amudaryo deltasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mahalliy aholi nafas yo‘llari
kasalliklari, kamqonlik, saraton va oshqozon tizimi kasalliklaridan aziyat chekmoqda.
Jigar va buyrak kasalliklari bilan kasallanish holatlari ham oshib bormoqda.
63
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• Prognozlarga ko‘ra, suv havzalari va tuproqlar sho‘rlanishining hozirgi tendensiyalari
saqlanib qolsa, bir necha o‘n yilliklardan so‘ng Sirdaryo havzasidagi qishloq xo‘jaligi
yerlarining katta qismi sug‘oriladigan dehqonchilik uchun yaroqsiz holga keladi (Amudaryo
havzasida ham xuddi shunday holat yuzaga keladi). Daryolarning tuzlar bilan ifloslanish
darajasi ham ulardan ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaroqsiz holga keltiradi. Daryolarning
bunday ifloslanishi hududning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘nglab
bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.