Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

6.1.3 Javob choralari 
Iqlim o‘zgarishi muammolarini hal etish, shu jumladan, ekologik xavfsiz energiya manbalariga o‘tish, 
barqaror rivojlanishning energiya ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ahamiyati va 
dolzarbligini anglagan holda, O‘zbekiston 1993-yilda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy 
konvensiyasiga qo‘shildi va 1999-yil avgust oyida Kioto protokolini ratifikatsiya qildi.
Hukumat qaroriga muvofiq, O‘zgidromet BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy 
konvensiyasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmoqda. Konvensiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini 
bajarish doirasida O‘zbekiston Birinchi milliy axborotini (1999-y.) va uning ikkinchi qismi bo‘yicha 
hisobotni (2001-y.), Ikkinchi milliy axborotni (2008-y.) va Uchinchi milliy axborotni (2016-
y.) tayyorladi va BMT IO‘DKga taqdim etdi. Hozirda To‘rtinchi milliy axborot ustida ish olib 


61
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
borilmoqda. Yangilangan ma’lumotlar bo‘yicha dastlabki ikki yillik hisobot ham tayyorlandi, 
unda ikkita asosiy yo‘nalish – 1990–2017-yillarda issiqxona gazlari inventarizatsiyasi va iqlim 
o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini baholash qayd etilgan.
2030-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 
2030-yilgacha bo‘lgan davrda mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlarini 
belgilaydigan qator strategiya va konsepsiyalar ishlab chiqildi. «2019–2030-yillar davrida 
O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi» va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga 
qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (02.12. 
2022-yildagi PQ–436-son) mamlakatning Parij kelishuvi doirasida qabul qilingan majburiyatlarini 
bajarishga qaratilgan strategik hujjatlar hisoblanadi. Issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish 
bo‘yicha maqsadga erishish yo‘lida, iqlimni moliyalashtirish uchun resurslar hamda energiya 
tejaydigan va ekologik xavfsiz ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni ta’minlaydigan xalqaro 
tashkilotlar va moliya institutlarining ko‘magi talab etiladi.
Moslashuv va yumshatish odamlarni, hayot uchun talab etiladigan resurslarni va ekotizimlarni 
himoya qilishga qaratilgan iqlim o‘zgarishiga uzoq muddatli global javobning asosiy tarkibiy 
qismidir, moslashuv choralari esa Parij kelishuvining iqlim o‘zgarishiga qarshi global kurashga 
qo‘shgan milliy jihatdan aniqlangan hissasining bir qismi sanaladi. Garchi O‘zbekistonda suv 
va qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga qarshi eng himoyasiz tarmoqlar hisoblansada, ammo, ular 
o‘z navbatida, iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 
O‘zbekiston, shuningdek iqlim o‘zgarishining iqtisodiyotdagi turli sohalar, ijtimoiy sektor va 
Orolbo‘yi mintaqasiga (Orol dengizining qirg‘oq zonasi) salbiy ta’siri xavfini kamaytirish uchun 
moslashuv salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi (O‘zbekiston hukumati, 2016 
va 2021-yillar).
Amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar doirasida energiya samaradorligini oshirish va 
issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 
mas’ul bo‘lgan bir qator yangi ixtisoslashtirilgan vazirlik va idoralar tashkil etildi. O‘rta muddatli 
istiqbolda rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari davlat rivojlanish dasturlarida belgilandi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish