Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6.0 Tarmoqlararo masalalar




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

55
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
6.0 Tarmoqlararo masalalar
6.1 Iqlim o‘zgarishi
21-jadval. 
Iqlim o‘zgarishi – asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar 
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Issiqxona gazlari 
tashlamalari
⚪ 
Barqaror
⚪ 
Barqaror
1990-yildan 2017-yilgacha 
bo‘lgan davr uchun umumiy 
tashlamalarning o‘sishi atigi 6,7% 
ni tashkil etdi.
O‘rtacha yillik 
harorat
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
Ahamiyatsiz
1880–2016-yillardagi o‘rtacha 
yillik harorat 13,2 S dan 14,8 C 
gacha ko‘tarildi.
Maksimal havo 
harorati 40° dan 
yuqori bo‘lgan 
kunlarning o‘rtacha 
ko‘rsatkichi soni
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
So‘nggi 5 yilda o‘rtacha 
hisobda 5-7 kun, Orolbo‘yi va 
Amudaryoning quyi oqimida esa 
12–17 kun.
Muzliklarning 
umumiy hajmi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
Ahamiyatsiz
1957–2010-yillar uchun Pskom 
daryo havzasida ko‘rsatkich 
24,3 foizga, Qashqadaryo 
daryo havzasida – 67,4 foizga, 
Surxondaryo daryo havzasida – 
40,1 foizga kamaydi.
Manba: Mualliflar.
• O‘zbekistonda IG tashlamalari 2013-yilga nisbatan 0,6 foizga kamaydi. 2017-yilda 
tashlamalar 189,2 mln. tonnani tashkil etdi. Tashlamalarning eng katta miqdori energetika 
(76%) va qishloq xo‘jaligi (18%) tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. 1990-yildan to 2017-yilgacha 
bo‘lgan uzoq vaqt davomida issiqxona gazlari tashlamalari taxminan 6,7% ga oshdi.
• O‘zbekiston iqlim o‘zgarishining ta’siri eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. 
1880-yildan buyon mamlakatda o‘rtacha yillik harorat taxminan 1,6ºC (o‘rtacha 13,2 dan 
14,8 darajagacha) ko‘tarilib, o‘rtacha jahon ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. Prognozlarga 
ko‘ra, 2030–2050-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida harorat yana 1,5-3 darajaga 
ko‘tarilishi mumkin (IO‘HEGning Beshinchi baholash hisoboti).
• Mamlakatdagi iqlim yanada issiqroq va quruqroq bo‘lishi kutilmoqda. Anomal jaziramaning 
tez-tez va intensiv davrlari, qurg‘oqchilik va yog‘ingarchilik shakllarining o‘zgarishi, ushbu 
o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sharros yomg‘ir, toshqin va sel kelishi kabi 
ekstremal ob-havo hodisalari sonining ko‘payishiga olib kelad.
• 2030-yilgachaga bo‘lgan uzoq muddatli istiqbolda, mamlakat energiya tejaydigan va 
ekologik xavfsiz texnologiyalar, shuningdek, iqlim dasturlarini moliyalashtirish uchun 
resurslarni ilgari surish orqali 2030-yilga borib YaIM birligiga IG tashlamalarini 2010-yilga 
nisbatan 35 foizga qisqartirish bo‘yicha majburiyatlari belgilangan Milliy darajada taxmin 
qilingan hissasini taqdim etdi (INDCs; Government of Uzbekistan, 2021).


56
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• Oqibatlarga moslashish va ularni yumshatish iqlim o‘zgarishiga nisbatan odamlar, turmush 
tarzi va ekotizimlarni, shuningdek iqtisodiy tarmoqlarni, ayniqsa, iqtisodiy barqarorlik 
va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydigan qishloq xo‘jaligining suv 
ta’minotini himoya qilishga qaratilgan uzoq muddatli global javobning asosiy tarkibiy 
qismlari sanaladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6.0 Tarmoqlararo masalalar

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish