• Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning jarayonlari oldini olish hamda tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasi
  • Orolbo‘yi mintaqsi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    Orolbo‘yi mintaqsi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi 
    BMTning 
    2021-yilda qabul qilingan rezolyutsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Birlashgan 
    Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik 
    innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiyasini 
    amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 29.07.2021-yildagi PQ–5202-sonli qarori). Maxsus 
    rezolyutsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan bo‘lib, 
    unda siyosiy-huquqiy innovatsiyalar, ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona 
    foydalanishni raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish orqali Orolbo‘yi 
    mintaqasida tarkibiy va transformatsiyali o‘zgarishlar uchun qulay muhit yaratish hamda 
    institutsional bazani rivojlantirish nazarda tutilgan.
    Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning jarayonlari oldini olish hamda 
    tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejasi 
    – ikkilamchi sho‘rlanishga uchragan 
    tuproqlarning meliorativ holatini tiklash bo‘yicha tajriba loyihalarini ko‘zda tutuvchi reja bo‘lib, 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 2023–2025-yillarda amalga 
    oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning 
    samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022-yil 10-iyundagi PQ–277-sonli qarori).
    2018-yildan buyon Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish, degradatsiyaga 
    uchragan yerlarda ekotizimni yaxshilash, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
    va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Xususan, noyob bioxilma-xillik va ularning yashash muhitini saqlash maqsadida Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasida umumiy maydoni 3,6 mln. gektar bo‘lgan 5 ta yangi muhofaza etiladigan tabiiy 
    hududlar tashkil etildi.
    2018–2022-yillarda Hukumat tomonidan Orol dengizining qurigan tubida «yashil qoplamalar» – 
    himoya o‘rmonlarini barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada qurigan 
    dengiz tubiga 1,7 mln. gektar maydonga tuz va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar – saksovul, 
    cherkes, qandim va boshqa cho‘l o‘simliklaridan iborat o‘rmonzor barpo etildi.
    2023-yilda qurigan dengiz tubida 100 ming gektar maydonda o‘rmonzor barpo etish ishlari olib 
    borilmoqda, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarida mos ravishda 50 ming, 40 ming va 11 ming 
    gektar maydonda «yashil belbog‘lar» yaratilmoqda.



    Download 2,81 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Orolbo‘yi mintaqsi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish