6.2.3 Javob choralari Orol dengizi quriganidan keyin mintaqa nobop ijtimoiy-ekologik vaziyatga tushib qoldi.
Mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida javob choralari ko‘rildi.
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) 1993-yilda Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining qarori bilan tashkil topgan. OQXJning asosiy vazifasi, bu – mintaqadagi barcha
davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda, Orol dengizini qutqarish, Orolbo‘yi va, umuman,
Orol dengizi havzasini ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma amaliy harakatlar va
istiqbolli dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish va kreditlashdan iborat. OQXJning
1993–2021-yillardagi faoliyati tahlili shuni ko‘rsatdiki, Markaziy Osiyoga tutash hududlarda
ro‘y berayotgan geosiyosiy jarayonlar va o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, Jamg‘arma va uning
tuzilmalari o‘z maqsadlariga erishishi uchun faoliyatlarini takomillashtirishi zarur. OQXJ organlari
faoliyatidagi jiddiy kamchilik, bu faoliyatni rejalashtirish va mintaqaviy dastur hamda rejalarni,
ayniqsa Orol dengizi havzasi Dasturini (ODXD) amalga oshirish yo‘lida ma’suliyatni taqsimlashda
hamkorlikning yo‘qligidir.
1994-yildan beri jami to‘rtta ODXD qabul qilingan. 2021-yil 29-iyunda 2020–2030-yillar uchun
yangi ODXD-4 qabul qilindi. ODXD loyihalari ro‘yxati Orol dengizi havzasidagi loyihalarni
boshqaradigan OQXJ agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan (OQXJ, 2018-y.). Orol
dengizi hududida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va yaxshilash bo‘yicha
«Amudaryo deltasida kichik mahalliy suv havzalarini yaratish», «Orol dengizining qurigan
qismini mahalliy tuz-changdan saqlaydigan o‘simliklar (saksovul, cherkez va boshqalar) negizida
o‘zlashtirish», «Orol dengizining qurigan tubini rekultivatsiya qilish va daraxtlarni barpo qilish»,
«Orol dengizining qurigan tubida himoya o‘rmonzorlarini yaratish», «Janubiy Orolbo‘yi suv
havzalarining ornitologik monitoringi», «Orolbo‘yi aholisiga ekologik inqiroz zonasida bozor
sharoitiga moslashishda ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish» kabi loyihalar Markaziy
Orolbo‘yi ko‘llarida barqaror suv sathiga erishish, biologik xilma-xillikni tiklash, aholi bandligini
qo‘llab-quvvatlash va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishni o‘z ichiga olgan.
68 Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
2018-yilda Islom taraqqiyot banki va Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining
(ICBA) ilmiy-texnik ko‘magida ekotizim hamda barqaror hayot tarzini yaxshilash, shuningdek, Orol
dengizining qurib qolgan qismidagi sho‘rlangan yerlarda ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida