• Yerlarning degradatsiyasi
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    Iqlim o‘zgarishi
    Markaziy Osiyo aholisining 80% dan ortig‘i (60 mln. kishi) Orol dengizi havzasida yashaydi. 
    «Markaziy Osiyoning suv-energetika sektorini tartibga solish» (YETB, 2022-y.) tadqiqotida qayd 
    etilishicha, Orol dengizi havzasi atrofidagi davlatlar global va mahalliy iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq 
    bo‘lgan kuchli xavf-xatar va tahdidlarga yuqori darajada duchor bo‘lmoqda. Muzliklarning tez 
    erishi, qor qoplamining qisqarishi, cho‘llanish jarayonlarining tezlashishi, yerlarning degradatsiyasi 
    va sho‘rlanishi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi, o‘rmonzorlarning kamayishi hisobiga yer usti 
    suvlarining gidrografik rejimida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda. Iqlim o‘zgarishining 
    umumiy salbiy ta’siri mintaqa mamlakatlari o‘rtasida suv resurslari uchun raqobatni kuchaytiradi va 
    mintaqaning siyosiy, oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizligiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.
    Cho‘llanish
    1960-yildan boshlab Orol dengizining suv hajmi 1083 km
    3
    dan 69,31 km
    3
    gacha qisqardi. Orol 
    dengizi hajmining qisqarishi Orolbo‘yi mintaqasidagi iqlimning qo‘shimcha kuchli o‘zgarishiga 
    olib keldi. Bahorning oxiri va yoz oyida anomal yuqori harorat davrlarining tez-tez uchrashi va 
    intensivligi ortib bormoqda. Taxminan 5 mln. gektar maydonda yangi Orolqum sahrosi paydo 
    bo‘ldi. Tuz, o‘g‘it va pestitsidlar bilan to‘lgan ulkan dengiz tubi har yili atmosferaga odamlar va 
    atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan 700 mln. tonnadan ortiq chang va tuz aralashmalari manbai 
    hisoblanadi. Ular 1,5–2 million km
    2
    maydonda to‘planadi.
    Yerlarning degradatsiyasi
    Chang bo‘ronlari paytida tuzlarning yog‘ilishi, sug‘orish suvi minerallashuvining kuchayishi 
    va sizot suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida yer resurslarining sifati keskin pasaydi. Natijada 


    66
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    tez-tez qurg‘oqchilik ro‘y bermoqda. Bu, qishloq xo‘jaligida hosildorlikning pasayishiga olib 
    keldi (makkajo‘xori hosildorligi – 3 barobar, sholi – 2 barobar, paxta – 1,6 barobar, kartoshka 
    va sabzavot – 1,5–2,5 marta kamaydi). Ayrim hududlarda yerlarning sho‘rlanishi 80,0 foizdan, 
    Mo‘ynoq tumanida 96,0 foizdan oshadi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ijtimoiy tadqiqotlar 
    instituti ma’lumotlari, 2017-yil). Sizot suvlarining sho‘rligi yuqoriligicha qolmoqda (64% 
    sug‘oriladigan yerlarda sizot suvlarining sathi 1 m dan 2 m gacha). Sug‘oriladigan yerlarning 
    yarmi past bonitetga ega. Yog‘ingarchilikning kamligi va yuqori bug‘lanish tez-tez sug‘orishga 
    (6–10 marta) va sho‘rlangan tuproqning yuvilishiga (2–4 marta) olib keladi. Daryolarning quyi 
    oqimida suvning sho‘rligi Sirdaryoda 3 g/l, Amudaryoda 2 g/l ni tashkil etadi.

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish