73
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Kul va shlak hosil bo‘lish hajmi yiliga 600–700 ming tonnani tashkil qiladi. Ushbu chiqindilarni
qayta ishlash ulushini 30% gacha oshirish tendensiyasi mavjud. Energetika
chiqindilari, asosan
sement va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi (EFSSH, O‘zbekiston, uchinchi
sharh, 2020-y.).
Qurilish chiqindilarini
to‘plash, qayta ishlash va ko‘mish ishlari umumiy maydoni 80,8
gektar
bo‘lgan 6 ta qurilish chiqindilari poligonida amalga oshirilmoqda. 2021–2022-yillarda hosil bo‘lgan
1 mln. 300 193 tonna qurilish chiqindilarining atigi 2 foizi yoki 26 415 tonnasi qayta ishlangan.
Qolgan qismi – 1 273 778,3 tonnasi qurilish va QMCh poligonlariga ko‘milgan. Shu bilan birga,
qurilish chiqindilarini qayta ishlashning eng katta 13 foizi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi, shu
bilan
birga Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston
Respublikasida qurilish chiqindilari utilizatsiya qilinmaydi. Qurilish chiqindilarining paydo bo‘lishi
bevosita yirik infratuzilma va uy-joy qurilishi loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq. Qurilish
va binolarning buzilishidan hosil bo‘lgan chiqindilar ko‘pincha to‘ldirish yoki ko‘mish materiali
sifatida ishlatiladi. Aholi orasida to‘sin, rom, g‘ishtlarni qayta ishlash va
qayta ishlatish amaliyoti
keng tarqalgan.
6.3.2 Holat va ta’sir
Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish ko‘p kvartirali turar joy sektorida –
chiqindi yig‘ish shoxobchalari (ChYSh), yakka tartibdagi turar joy sektorida – ChYSh (chiqindi
uchun maxsus qoplar (paketlar) yoki qopqog‘i zich yopiladigan g‘ildirakli konteynerlar) yoki
«signal usuli»da (qattiq maishiy chiqindilar maxsus transport vositalari kelguniga qadar vaqtincha
ularning hududida saqlanadi) amalga oshiriladi. CHYSHdan qattiq maishiy chiqindilarni olib
chiqib ketishning eng qisqa davri –
kun davomida bir marta, «signal» usulida – uch kunda bir
martani tashkil qiladi.