Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 7.0 Inson salomatligi va farovonligi




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

77
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
7.0 Inson salomatligi va farovonligi
28-jadval. 
Inson salomatligi va farovonligi – asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Umr ko‘rish 
davomiyligi
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
⚪ 
Barqaror
Tug‘ilganda o‘rtacha umr ko‘rish 
davomiyligi (ikkala jinslarda) 
75,1 yoshdan (2019-yil) 76,4 
yoshgacha (2022-yil) oshdi.
Oziq-ovqat 
xavfsizligi va 
bolalarning 
ovqatlanishi
⚪ 
Barqaror
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
2019-yildan 2022-yilgacha 
barcha ko‘rsatkichlar yaxshilandi.
Bolalar salomatligini yanada 
yaxshilash siyosatning ustuvor 
yo‘nalishi hisoblanadi.
Yurak qon-tomir 
va nafas olish 
tizimlarining 
salomatligi
⚪ 
Barqaror
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
Yaxshi ko‘rsatkichlarga 
erishildi. Ammo bu ko‘rsatkich 
OYECD mamlakatlari bilan 
solishtirganda hali ham yuqori.
Saraton 
kasalliklarining 
paydo bo‘lishi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
⚪ 
Barqaror
Butun aholi orasida yangi tashxis 
qo‘yilgan xavfli o‘smalar bilan 
kasallanish darajasi (100 ming 
kishiga) 66,1 (2013-y.) – 72,4 
(2018-y.).
Aholi orasida 30-69 yosh 
oralig‘ida o‘lim bilan tugagan 
saraton kasalligining ulushi: 
15,1% (2019-y.) – 14,0% 
(2022-y.).
Oziq-ovqat va 
ovqatlanish
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
Oziq-ovqat, jumladan, sut, sut 
mahsulotlari, tuxum va mevalarni 
iste’mol qilish sezilarli darajada 
yaxshilandi.
Manba: Mualliflar.
• So‘nggi yillarda 5 yoshgacha bo‘lgan va bo‘yi o‘sishda orqada qolgan hamda kam vaznli 
bolalar soni kamayib bormoqda. Natijada aholi salomatligida yaxshilanish kuzatilmoqda. 
Xususan, so‘nggi 16 yil ichida tana vazni yetarli bo‘lmagan bolalar soni uch baravar, ya’ni 
5,1% dan (MICS 2006-y.) 1,8% gacha kamaydi, (MICS 2021–2022-yy.). Bundan tashqari, 
2030-yilgacha bolalar o‘limini kamaytirish O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlaridan biri 
sanaladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, emlashdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish
tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda ayollarning oilani rejalashtirish va 
reproduktiv salomatlik haqidagi bilimlarini oshirish orqali 11 milliondan ziyod bolalar 
o‘limining oldini olish mumkin.
• Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning 
(YuBK) to‘rtta asosiy guruhidan (yurak-qon tomir kasalliklari (YuTK), qandli diabet, 


78
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
surunkali respirator kasalliklari yoki saraton) bevaqt o‘lim ehtimoli (70 yoshgacha) 4 
tadan 1 ta ko‘rsatkichidan ko‘p (26,9%) va bu ehtimol erkaklarda (32,9%) ayollarga 
(21,4%) qaraganda ancha yuqori (JSST, 2018-y.). Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimi 
kasalliklari o‘limga olib keluvchi sabablar ichida alohida o‘rin tutadi.
• Har yili respublikada saraton kasalligiga uchragan ko‘plab bemorlar ro‘yxatga olinadi. 
Barcha aholi orasida tashxisi birinchi marotaba aniqlanib, ro‘yxatga olingan xavfli o‘sma 
kasalliklari bilan kasallanish darajasi (100 ming aholiga) 66,1 dan (2013-y.) 72,4 gacha 
(2018-y.) o‘zgarib turibdi. Ko‘pgina epidemiologik tadqiqotlar quyosh radiatsiyasi 
odamlarda teri saratoniga olib keluvchi sabab sifatida ko‘rsatayotganini hisobga olib
melanoma bilan kasallanishning retrospektiv tahlili o‘tkazildi. Bundan tashqari, aholi 
orasida 30-69 yosh oralig‘ida saraton kasalligi tufayli o‘lim ko‘rsatkichi 15,1% (2019-y.) – 
11,2 foizni (2022-y.) tashkil qiladi.
• Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdagi tarkibiy o‘zgarishlar tufayli 
O‘zbekiston aholisining ovqatlanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda. Xususan, aholi 
jon boshiga go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste’moli 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlari – 
1,6 barobar, tuxum – 2,2 barobar, sabzavot – 2,6 barobar, meva – 4 barobarga oshgani 
bunga yaqqol misoldir.

Download 2,81 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 7.0 Inson salomatligi va farovonligi

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish