|
barcha
turdagi ta’lim muassasalarida ekologik ta’limning majburiyligiBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uzbarcha
turdagi ta’lim muassasalarida ekologik ta’limning majburiyligi
qayd etilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-sonli qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyadan ko‘zlangan
asosiy maqsad, bu o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik
ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ekologiya sohasida
ilm-fanni yanada takomillashtirishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida
«Bolajon» tayanch dasturidan foydalaniladi. Dastur
bolalarda ona tabiatni asrab-avaylash va muhofaza qilish borasidagi ilk tasavvurlarni uyg‘otish
hamda tabiat, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi mavzularni kengaytirishga
qaratilgan. Amalda bo‘lgan tayanch dasturda belgilangan ekologik ta’limga oid mavzular va
amaliy mashg‘ulotlarni to‘laqonli tashkil etish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
«Ekolog bolajon» dasturi amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi
va «Ekomaktab» Ekologik resurs markazi NNTning qo‘shma loyihasi doirasida YeXHTning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyihalar koordinatori ko‘magida maktabgacha ta’lim tashkilotlari
uchun ekologik ta’lim va tarbiya bo‘yicha
«Yer – bizning umumiy uyimiz»
parsial (bitta muallif/
jamoaviy mualliflik ishtirokida) dasturi ishlab chiqildi.
O‘rta, katta va maktabga tayyorash guruhlari uchun o‘quv dasturlari jonsiz va jonli tabiat haqidagi
qarashlarni rivojlantirishga qaratilgan. Ular bilan bolalarni tanishtirish sayr qilish paytida amalga
oshiriladi. Mavzularni qayta belgilashda yo‘qolib borayotgan va kamyob turdagi o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda ularni asrab-avaylash masalasiga alohida urg‘u beriladi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlari atrof-muhitni muhofaza qilish hamda maishiy chiqindilarni
tozalash kabi tushunchalar bilan boyitib boriladi.
|
| |