|
Chiqindilarni boshqarish, ularni qisqartirish va qayta ishlashBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uzChiqindilarni boshqarish, ularni qisqartirish va qayta ishlash
sohasidagi xabardorlikni
oshirish va ma’rifiy tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
«Hashar Week»
loyihasi. Loyihaning maqsadi, bu, fuqarolarning chiqindilarni utilizatsiya
qilish va qayta ishlashdagi mas’uliyatini oshirishdan iborat. Loyihaning asosiy g‘oyasini
«Chiqindilardan tozalanadigan joy emas, balki chiqindilar tashlanmaydigan joy
ozodadir!»
shiori tashkil etadi. Ko‘ngilli yoshlar 21 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarida
faollik ko‘rsatib, loyihaning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi. Haftalik davomida
4 ta yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi: Harakat, Ta’lim, San’at, Biznes. «Hashar Week»
aksiyasi doirasida 1,5 tonnadan ortiq saralangan chiqindi yig‘ilib, shundan 60 foizini
plastmassa, 35 foizini qog‘oz, 5 foizini shisha tashkil etdi. Shuningdek, ko‘ngillilar Toshkent
shahridagi 22 ta maktabda to‘rtta ommaviy ma’ruza va interfaol darslarni uyushtirdilar.
https://uznature.uz/ru/site/news?id=105
;
https://livingasia.online/2019/04/17/hashar_
week/
• Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘iga yoshlar ekologik ekspeditsiyasi tashkil etildi. Unda
ekologiya jonkuyarlari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi korxonasining Gulkamsoy o‘zanidagi
tabiiy hudud chiqindilardan tozalandi.
https://www.uznature.uz/uz/site/news?id=1034
•
«Tabiatga imkon ber»
shiori ostida aksiya. Ushbu aksiya «Toshrangmetzavod» AJ XK
va respublika tabiatni muhofaza qilish idorasining innovatsion loyihasi bo‘lib, undan
ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – faoliyati jismoniy va yuridik shaxslardan elektron
chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga yo‘naltirilgan «Toshrangmetzavod
Recycling» kompaniyasining ishga tushirilishi, shuningdek, poytaxt va respublikaning
boshqa hududlarida tegishli infratuzilmani yaratishdan iborat.
•
|
| |