90
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
•
Butunjahon tozalik kunida
ishtirok etish – Ko‘ngillilarning ommaviy sa’y-
harakati. «Yoshlar ozodalik uchun!» g‘oyasi ostida Butunjahon tozalik kuni tadbirlari
#WorldCleanUpDay
. O‘zbekiston 2019-yildan buyon xalqaro hamjamiyat bilan
birgalikda
Butunjahon tozalik kunida
faol ishtirok etib kelmoqda. Aksiya ko‘lami yildan-
yilga kengayib bormoqda. 2019-yildan beri har yili sentyabr oyining uchinchi shanbasida
respublika bo‘ylab Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan hududlarda aholining turli
qatlamlari o‘rtasida chiqindilarni yig‘ish aksiyalari o‘tkazilib kelinadi. Butunjahon tozalik
kuniga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy roliklar uchun tanlov e’lon qilinadi.
• Ekologik resurs markazi «Ekomaktab» NNT tomonidan amalga oshirilayotgan
«GO
Wasteless»
loyihasi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu – umumiy ovqatlanish
sektorida (HoReCa sektori) qayta ishlanadigan chiqindilarni yig‘ishni ta’minlash va
«Wasteless» mobil ilovasi yordamida chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash zanjirini yaratish.
Loyiha O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi bilan
hamkorlikda The Coca-Cola Foundation moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida #PET2NATUREUZ ekologik safarbarligi ham ish boshlagan.
https://
ru.coca-cola.uz/media-center/navruz-coca-cola-eco-pet2nature-uzbekistan
8.1 Ekologik ta’lim
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasida