• Aziz Abduhakimov
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    Shavkat Mirziyoyev
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
    Milliy pavilyonda taqdim etilgan atrof-muhit holati va mamlakatimizning ekologik salohiyati, 
    shuningdek, Expo City yashil zonasida hamda Markaziy Osiyo davlatlarining «5 davlat – 1 
    mintaqa – 1 ovoz» umumiy pozitsiyasini ilgari surish bo‘yicha faol ishlar olib borilgan Markaziy 


    100
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    Osiyo mintaqaviy pavil‘onida namoyish etilgan bioxilma-xillik to‘g‘risida, umuman ekologiya 
    sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mamlakatimizning turizm salohiyati haqidagi 
    ma'lumotlar katta qiziqish uyg‘otdi.
    10-rasm. 
    COP28 Expo City Dubai yashil zonasidagi O‘zbekiston Milliy pavilyonidagi 
    tadbirlardan suratlar 
    Manba: Ekologiya vazirligi.
    O‘zbekiston ekotizim degradatsiyasi, yashash muhiti va bioxilma-xillikning yo‘qolishiga jiddiy 
    ta'sir ko‘rsatuvchi iqlim o‘zgarishining salbiy ta'siridan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan davlatlardan 
    hisoblanadi. Hukumatimiz mintaqaviy transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash, biologik 
    xilma-xillikni, ko‘chib yuruvchi turlarni saqlash va himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni 
    kuchaytirish, milliy, mintaqaviy va global miqyosda chora ko‘rish tarafdori. 2024-yil 
    12–17-fevral kunlari Samarqand shahrida “Tabiat chegara bilmaydi” shiori ostida bo‘lib 
    o‘tadigan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya 
    (CMS COP14) tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishida bu boradagi muhim muammolarga 
    e’tibor qaratiladi.
    Aziz Abduhakimov, 
    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri 
    Tadbirlarda turli mamlakatlardan 400 ga yaqin delegatlar, xalqaro ekspertlar va Nobel mukofoti 
    laureatlari ishtirok etishdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining atrof-muhitni 
    muhofaza qilish idoralari rahbarlari O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha amalga 
    oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdilar.
    Iqlim o‘zgarishi, Parij kelishuvi majburiyatlariga erishish chora-tadbirlari, shuningdek, tog‘ 
    ekotizimlari, muzliklar va ramziy turlarni saqlash uchun iqlim harakatlari mazusida Markaziy 
    Osiyo davlatlarining dialoglari tashkil etildi. Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish 
    bo‘yicha Mintaqaviy strategiya taqdim etildi.
    Orolbo‘yi mintaqasini iqlimga chidamli hududga aylantirish va yashil innovatsiyalar masalalariga 
    bag‘ishlangan Orolbo‘yi mintaqasi uchun trast fondi faoliyatiga bag‘ishlangan alohida sessiya bo‘lib 


    101
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    o‘tdi. Tadbir doirasida fanlararo tadqiqotlarni va Markaziy Osiyodagi mahalliy hamjamiyatlar 
    bilan teng huquqli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadigan hamda atrof-muhitni muhofaza qilish
    madaniy meros ob'ektlarini kengaytirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi va yangi tashkil 
    etilayotgan «O‘zbekiston etnoekologik tadqiqotlar markazi» taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 
    O‘zbekistonning turistik salohiyati: barqarorlik, yashil kun tartibi va Yaqin Sharq mamlakatlari 
    bilan hamkorlik mavzusida forum tashkil etildi.
    Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Iqtisodiyot hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo davlatlarining 
    «IHT mintaqasida resurslarni samarali boshqarish, barqaror rivojlanish va aylanma iqtisodiyotga 
    o‘tishni jadallashtirish» mavzusidagi yuqori darajadagi muloqotida ishtirok etdi.
    Mamlakatning bir qator vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda Germaniya Xalqaro Hamkorlik 
    Jamiyati (GIZ), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE), 
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Birlashgan 
    Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yashil rivojlanish global instituti (GGGI), 
    Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE), Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) bilan 
    uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etildi.
    Tabiatni muhofaza qilish yetakchi tashkilotlari va moliya institutlari, jumladan, Jahon banki, 
    Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD), Xalqaro tabiatni 
    muhofaza qilish ittifoqi (IUCN), Biotuz qishloq xo‘jaligi xalqaro markazi (ICBA) bilan hamkorlik 
    masalalari muhokama qilindi.
    Qayd etish joizki, konferentsiya doirasida Toshkentda IUCN ning Markaziy Osiyo vakolatxonasini 
    ochish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish