|
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
9.1 Tanlangan tashabbuslarBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz96
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
9.1 Tanlangan tashabbuslar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi
konventsiyasi ijrosini ko‘rib chiqish
qo‘mitasining 21-sessiyasi - CRIC-21
2023- yil 13 – 17-noyabr, Samarqand, O‘zbekiston, «Silk Road Samarkand» Kongress markazi
700 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, konventsiyaga a'zo mamlakatlar delegatlari, shuningdek,
35 ta xalqaro tashkilot, 28 ta hukumatlararo tashkilot, 74 ta nodavlat notijorat tashkiloti, yetakchi
akademik doiralar vakillari yer resurslarini barqaror boshqarish va qurg‘oqchilikka chidamlikni
oshirish, qishloq xo‘jaligida ayollar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash, yer degradatsiyasining
oldini olish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq majburiy migratsiyaga qarshi kurashishda strategik
maqsadlarni amalga oshirish borasidagi muammolar va imkoniyatlarni ko‘rib chiqdilar.
CRIC-21 ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning
tabrik so‘zi
o‘qib eshittirildi:
Oliy forum kun tartibidan zamonamizning iqlim muammolariga birgalikda qarshi turish va
cho‘llanishga qarshi kurashda keng xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid hayotiy muhim
masalalar o‘rin olgan. Ta‘kidlashni istardimki, O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi
iqlim o'zgarishining salbiy ta'siri va ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy, ekologik muammolarning
og'ir oqibatlarini to'liq his qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
CRIC
tadbirlari tarixida ilk marta BMT Bosh kotibining murojaati o‘qib eshittirildi:
Biz butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham yer yangi jonlanayotgani misollarini ko‘rib
turibmiz. Dunyo yangi yerlarning degradatsiyasini to‘xtatish va tiklanishni tezlashtirish uchun
birgalikda harakat qilsa, «yer degradatsiyasi neytralligi» maqsadidan ham oshib ketishi mumkin.
Bunga erishish uchun hukumatlar, korxonalar va jamoalar tabiiy hududlarni asrab-avaylash,
oziq-ovqatni barqaror ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yashil shaharlar va ta'minot zanjirlarini
rivojlantirish uchun birgalikda ishlashi kerak.
Men barchangizni ushbu sessiyalararo uchrashuvdan shu maqsadni amalga oshirishga yordam
beradigan harakatlarni va ambitsiyani kuchaytirish uchun foydalanishga taklif qilaman. Keling,
degradatsiyaga uchragan yerlar yangidan qanday gullab-yashnaganini birgalikda ko‘raylik
|
| |