|
Ta’lim natijalari va talablar
|
bet | 15/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 406 Kb. | | #245435 |
Bog'liq AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2Ta’lim natijalari va talablar
“ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKA” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
mashina detallarini, maxsus qismlarini, asosiy texnologik kompleks ishlarida qo‘llaniladigan mashinalarning umumiy tuzilishini, mexanizm va moslamalarning ishlash printsiplarini, qo‘llanish sohalarini bilishi kerak.
talaba texnologik komplekslarining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash; ish unumdorligini, texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash; qurilish- montaj ishlarini bajarish uchun eng kam sarf mashina va mexanizmlarni tanlash; kompleks ishlarini bajarish loyihalarini tayyorlashda mashinalarni joylashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
talaba ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan mashinalarni texnik-iqtisodiy va konstruktiv tahlil qilish; ularni aniq qurilish montaj ishlari sharoitlarida samarali ishlatish; qurilish mashinalarining oqilona ko‘rsatkichlari va ish rejimlarini belgilash; kompleks mashinalarini turli yuklash- tushirish mashinalari bilan birgalikda ishlatish; qurilish-montaj ishlari mashinalari tizimini loyihalash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Talabalar bilimini baholash
Oraliq nazoratlar.
Oraliq nazoratlar sirtqi bo‘lim talabalari uchun semester davomida 1 marotaba – o‘quv semestrining 7 haftasida o‘tkaziladi va maksimal 20 ball bilan baholanadi. Shuningdek, talabalarning semester haftalari davomida bajargan mustaqil ishlari portfolio shaklida jamlanib, tahlil qilib baholanadi. O‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlarni bajarilish sifatiga qarab maksimal 30 ball bilan baholanadi.
Yakuniy nazorat (chiqish nazorati).
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi va nazorat variantlari 2 ta nazariy savol va 1 ta masaladan iborat bo‘ladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o‘zlashtirishi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Talabaning oraliq va yakuniy nazorat turlaridan to‘plagan bali fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilaydi va quyidagi jadval asosida uning baholash ko‘rsatkichi aniqlanadi.
|
| |