Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari
Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan o‘quv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha vazifa tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladilar. Mavzu bo‘yicha referat kompyuterda tayyorlanib fan o‘qituvchiga topshiriladi. Topshirilgan vazifaning mazmuni, olingan ma’lumotlarning boyligi va boshqa belgilari bo‘yicha fan o‘qituvchisi talabani baholaydi.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quydagilardan iborat:
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
• kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi;
• axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;
• an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi;
• elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;
• internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi;
• berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topishi;
• ma’lumotlar bazasini tahlil etishi;
• ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert Xulosasi asosida qayta ishlashi;
• topshiriq va vazifalarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashishi;
• ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish
|