• Talaba mustaqil ishini nazorat qilish
  • Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish




    Download 406 Kb.
    bet7/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi406 Kb.
    #245435
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Bog'liq
    AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2

    Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish.
    -talabalar mustaqil ishini tashkil qilishga tizimli yondashish;
    -talabalar mustaqil ishini barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
    - talabalar mustaqil ishini bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
    -talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish.
    Talabalar mustaqil ishini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
    - Maqsad bilimning (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va x.k.), aniq asoslanishi;
    - vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
    - topshiriqlarni bajarish algoritmi va uslublaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi, maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi;
    - hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
    - nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish.
    O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etadi.
    Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt budjetiga mos ravishda har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.
    Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo‘yicha talabalarga zaruriy uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
    Talaba mustaqil ishini nazorat qilish
    Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
    Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
    Talabaning mustaqil ishi har bir fan bo‘yicha reyting qaydnomasi oraliq nazorat baholari bilan birga qayd etilib boriladi, kafedra va dekanatda bu ma’lumotlar yig‘ilib umumlashtiriladi.
    Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda baholanadi. Har bir fan bo‘yicha mustaqil ishning shakllari kafedra majlislarida muhokama etiladi va tasdiqlanadi.
    Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari har bir kafedrada muhokama etiladi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili (semestri) boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
    Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishilarida muhokama qilib boriladi.
    Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada 6 oy mobaynida saqlanadi.

    Download 406 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 406 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish

    Download 406 Kb.