Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi




Download 406 Kb.
bet3/18
Sana20.05.2024
Hajmi406 Kb.
#245435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2

Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi

Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish kafedrada tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi.


Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishi uchun o‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda har bir fan bo‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va kafedra majlisida tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun har bir fan bo‘yicha talabalarga ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda tarqatma material sifatida fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
• o‘qish bosqichi, ya’ni talaba qaysi kursda o‘qiydi;
• muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
• talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi; • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
• talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi oddiydan murakkabga qarab o‘zgarib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasi asta-sekin oshib borishi lozim.
Har bir fan bo‘yicha talabaning mustaqil ishi soati o‘quv rejada ko‘rsatilgan bo‘lib, bu soatlar ishchi o‘quv dasturida mavzular bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi kerak. Agar biror bir fan bir necha semestr davom etsa, mustaqil ish soatlari ham semestr bo‘yicha taqsimlanishi va bu o‘quv dasturida o‘z aksini topishi kerak. Masalan, 2021 yil tasdiqlangan ishchi o‘quv rejaga ko‘ra “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” fani “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishiga bir semestr davomida o‘tiladi. Umumiy soat 240 soat, shundan 120 soati auditoriya soatlari 120 soat esa mustaqil ta’limga ajratilgan. Mustaqil ta’lim auditoriya soatiga proporsional ravishda quyidagicha taqsimlanadi:




Download 406 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 406 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi

Download 406 Kb.