• FARG‘ONA-2024
  • Tuzuvchilar: X.M. Sadullaev A.A.Mo‘ydinov I.M. Mamarizayev O‘.T. Xamdamov
  • Atrof muhitni muhofazalovchi texnika




    Download 406 Kb.
    bet1/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi406 Kb.
    #245435
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2




    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


    «Texnologik masninalar va jihozlar» kafedrasi

    ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKA”


    fanidan kredit-modul tizimida
    mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun


    USLUBIY KO‘RSATMALAR

    FarPI uslubiy kengashi


    tomonidan tasdiqlangan
    «__» _______2024y
    FARG‘ONA-2024
    Annotatsiya
    Ushbu uslubiy ko‘rsatmalar “60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda “ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKA” fanidan kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun kimyoviy yo‘l bilan yetishtiriladigan mahsulotlar, qurilish materiallari va kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan turli ko‘rinishdagi chiqindilar, ularning hossalari, chang ushlash jarayonlari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar, chang ushlash usullari va unda qo‘llaniladigan apparatlar tuzilishi, ishlash prinspi, shuningdek chang ushlash samaradorligini oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan.

    Tuzuvchilar: X.M. Sadullaev
    A.A.Mo‘ydinov
    I.M. Mamarizayev
    O‘.T. Xamdamov

    Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinib, ma’qullangan «__» _______2024y


    TMJ”kafedrasi mudiri: R.J.Tojiev
    Mexanika-mashinasozlik fakulteti uslubiy kengashida
    ma’qullangan «__» _______2024y
    Uslubiy kengash raisi: B.M.Madaminov


    Kirish
    Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
    O‘qishning boshlang‘ich qismida talabaning mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishini to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi.
    Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.

    Download 406 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 406 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof muhitni muhofazalovchi texnika

    Download 406 Kb.