• Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo’yicha fan o‘qituvchisining vazifalari
  • Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
  • Talabalar mustaqil ishini baholash




    Download 406 Kb.
    bet5/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi406 Kb.
    #245435
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2

    Talabalar mustaqil ishini baholash.
    Talaba mustaqil ish natijalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 sentabrdagi 820- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom"ga asosan baholab boriladi.
    Talabalarning mustaqil ishi har bir fakultet va kafedra oynasida yoritib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada 6 oy mobaynida saqlanadi.
    Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari institut Web sahifalarida e’lon qilinib boriladi.

    Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo’yicha fan o‘qituvchisining vazifalari


    Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
    Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish;
    Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;
    Mustaqil ishiga o‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar o‘tkazish;
    Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;


    Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish

    Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha amaliy yoki seminar mashg‘ulotlariga tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi.


    Talabaga shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hisob-grafik ishlari beriladi. Bunda talaba shu mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda mavzuni chuqur o‘rganadi, material yig‘adi, tahlil qiladi, kerak bo‘lganda internet ma’lumotlaridan foydalanadi va bu hisoblash, so‘ngra grafik ishlarini bajaradi. Bunda talaba imkoniyatidan kelib chiqib hisob-grafik ishlarini elektron varianti ham qilinishi mumkin. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladi.



    Download 406 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 406 Kb.