• Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
  • Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash
  • Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish
  • Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash




    Download 406 Kb.
    bet6/18
    Sana20.05.2024
    Hajmi406 Kb.
    #245435
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2

    Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash
    Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l- yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish mumkin.


    Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va
    topshiriqlar tayyorlash
    Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi.
    Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad kuzda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat paytida bajarilgan ishlarni talabga javob berish darajasi nazorat qilib boriladi.

    Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini
    tayyorlash
    Talabaga biron mavzu bo‘yicha ilmiy (referativ) xarakterdagi maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tatqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi va o‘z fikrlarini bayon qiladi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.


    Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish
    Talabaga bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha noan’anaviylikni tahlil qiladigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliyotdagi mavjud muammolar, ijodiy yondashish talab qiladigan ilmiy- ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal usulini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda o‘qituvchi talaba bilan hamkorlikda ishlaydi.



    Download 406 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 406 Kb.