|
Atrof muhitni muhofazalovchi texnika
|
bet | 10/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 406 Kb. | | #245435 |
Bog'liq AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2Bajarish shakli
|
Soat
|
|
1.
|
Zarrachalarni mikroskop yordamida analiz qilish usullari.
|
Research
|
6
|
|
2.
|
Chang cho’ktiruvchi kameralarni hisoblash metodikasi.
|
Research
|
6
|
|
3.
|
Ho’l usulda ishlovchi apparatlarni hisoblash usullari.
|
Research
|
6
|
|
4.
|
G’ovakli filtrlovchi materiallar xarakteristikasi va filtrlarni hisoblash metodikasi.
|
Research
|
8
|
|
5.
|
Elektrofiltrlarning asosiy ko’rsatkichlari.
|
Research
|
6
|
|
6.
|
Gaz oqimining changlanish darajasi.
|
Research
|
8
|
|
7.
|
Siklon apparatining ish jarayoni va asosiy ko’rsatkichlari.
|
Research
|
6
|
|
8.
|
Xo’l usulda ishlovchi apparatning asosiy ko’rsatkichlari.
|
Research
|
6
|
|
9.
|
Matoli filtrlar tuzilishi va ishlash printsipi hamda asosiy ko’rsatkichlari.
|
Research
|
8
|
|
10.
|
Elektrofiltr tuzilishi va ishlash printspi.
|
Research
|
8
|
|
Jami:
|
68
|
GLOSSARIY
Apparat - (lat.), asbob, texnik qurilma, moslama.
Barbotaj - (frans.), aralashtirish, suyuqlik katlamidan gaz yoki bugni bosim bilan o‘tkazish.
Barbotyor-(frans.), idishning ichiga suv bug‘i yoki gaz berishga mo‘ljallangan turli shaklga ega bo‘lgan teshikli truba.
Vakuum- (lat.), idishga qamalgan, bosimi atmosfera bosimidan anchagina past bo‘lgan gaz holati.
Ventilator-(lat.), xonalarni shamollatish, aeroaralashmalarni trubalarda uzatishda havo yoki boshqa gazlarni haydash uchun kichik bosim (0,01 MPa gacha) hosil qiladigan qurilma.
Venturi trubasi- (Italiya olimi J. Venturi nomidan), bosimlar tafovutiga ko‘ra, suyuqlik, bug yoki gaz tezligi yoki sarfi o‘lchanadigan qurilma.
Gazoduvka -(rus.), havo yoki boshqa gazlarni sikish va haydash uchun o‘rtacha bosim (0,01 dan 0,3 MPa gacha) hosil qiladigan qurilma.
Gidrosiklon -(yunon.), bir-biridan massalari bilan farq qiladigan mineral donachalarni suv muxitida ajratadigan qurilma.
Gorelka- (rus.), gazsimon, suyuq yoki changsimon yokilgilarning havo yoki kislorod bilan aralashmasini hosil qiladigan va uni yoqish joyiga uzatadigan qurilma.
Nasadka -(rus.), ayrim qurilmalarning ichiga solib qo‘yiladigan har xil shaklli qattiq jismlar. Nasadkalarning turlari: Rashit xalqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer halqalar, metalldan tayyorlangan to‘rlar, sharlar va boshqalar.
Nasos -(rus.), suyuqlik (jumladan, qattiq va gazsimon aralashmalar)ni bosim ostida haydaydigan gidromashina.
Patrubok- (rus.), asosiy truba, rezervuar yoki qurilmalardan gaz, bug‘ yoki suyuqlik olinadigan qisqa truba. Patrubok uchlarining o‘lchami va shakli har xil bo‘lganda oralik patrubogi deb ataladi.
Plunjer -(ingl.), uzunligi diametridan ancha katta porshen.
Reaktor -(lat.), sanoat miqyosida kimyoviy reaksiyalar o‘tkaziladigan qurilmalar, masalan avtoklavlar.
Regenerator- (lat.), issiqlik almashtirish qurilmasi; unda issiq va sovuq eltkichlar bitta sirtga galma-gal tegishi hisobiga issiqlik uzatiladi.
Regeneratsiya -(lat.), ish bajargan jismning dastlabki sifatlarini tiklash, masalan, adsorblash jarayonida adsorbentlarning xossalarini tiklash.
Rezervuar -(frans., lat.), suyuqlik va gazlar saqlanadigan (yer ustiga yoki yer ostita joylashtiriladigan) katta idish.
Rekuperator- (lat.), issiqlik almashinish qurilmasi; unda issiqlik eltuvchilarni ajratib turgan devor orkali ular orasida issiqlik almashib turadi.
Rotor-(lat.), mashinalar, masalan, rotorli nasoslar va sentrifugalarning kobiklari ichida joylashgan aylanuvchi detali.
Salnik-(rus.), mashinalarning qo‘zgaluvchi va qo‘zgalmas detallari (masalan, shtok va silindr) orasidagi tirqishni germetik berkitib turadigan mashina detali.
Separator- (lat.), aralashmalarni ajratuvchi qurilma; ishlash prinsipi aralashma komponentlari fizik xossalarning turlicha bo‘lishiga asoslangan.
Separatsiya-(lat.) suyuq yoki qattiq zarralarni gazlardan, qattiq zarralarni esa suyuqliklardan ajratish; qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy kismlarga ajratish.
Soplo-(rus.), ichida gaz yoki suyuqlik tezligi oshadigan o‘zgaruvchan kesimli kanal (qisqa truba). Skrubber (ingliz.), changli gazlarni yuvish yo‘li bilan tozalaydigan qurilma.
Suspenziya-(lat.), suyuq dispersion muhitli va zarralari broun harakatiga to‘sqinlik qila oladigan darajada yirik bo‘lgan dispers fazali turli jinsli sistemalar.
Sxema-(yunon.), asbob, qurilma, inshoot va boshqalarning asosiy g‘oyasini, ish prinsiplarini hamda jarayonlar ketma-ketligini izoxlab beradigan chizma.
Texnologiya-(yunon.), mahsulot ishlab chikarish jarayonida xom ashyo, material yoki yarimfabrikatga ishlov berish, tayyorlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirish usullari majmui.
Truboprovod-(rus.), gazsimon, suyuq va qattiq mahsulotlarni, shu jumladan, tayyor buyumlarni tashishda ishlatiladigan trubalardan bir-biriga zich kilib biriktirilgan inshoot. Tashiladigan mahsulotlarning xiliga ko‘ra truboprovodlarning turlari: gazoprovod, nefteprovod, vodoprovod, pulpoprovod va boshqalar.
Faza-(yunon.), kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo‘yicha termodinamik sistemaning bir jinsli bo‘lgan qismi.
Filtr- (frans.), qattiq va suyuq fazali har xil jinsli sistemani govak to‘siklardan o‘tkazib tarkibiy kismlarga ajratadigan, kuyultiradigan yoki tindiradigan qurilma.
Flanes- (nem.), truba, armatura, rezervuar, vallar va boshqalarning birlashtiruvchi qismi; odatda, boltlar yoki shpilkalar o‘tkazish uchun bir tekisda joylashgan teshiklari bo‘lgan yassi halka yoki diskdan iborat.
Forsunka- (ingl.), suyuqlikni zarralarga aylantiradigan bir yoki bir necha teshikli qurilma.
Sentrifugalash- (lat.), suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuch yordamida ajratish. Asosiy ish qismi — o‘z o‘qi atrofida tez aylanadigan baraban (rotor)dan iborat sentrifugalarda amalga oshiriladi.
Siklon-(yunon), gazni qattiq zarrachalardan markazdan qochma kuch ta’sirida tozalaydigan qurilma.
Shtuser- (nem.), uchi rezbali biriktirish patrubogi. Rezervuarlar yoki qurilmalarning trubalariga yoxud chiqish patruboklariga payvandlanadi, kavsharlanadi yoki burab qo‘yiladi. Truboprovodlardagi kichikroq diametrli (10—20 mm) truba bo‘lagi shtuser deb ataladi; undan suv yoki havoni chiqarib yuborish uchun, shuningdek truboprovoddagi suyuqlik bosimini o‘lchash maqsadida foydalaniladi.
“ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKA” fanidan
|
| |