|
Atrof muhitni muhofazalovchi texnika
|
bet | 12/18 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 406 Kb. | | #245435 |
Bog'liq AMMT fanidan mustaqil ish uchun uslubiy ko\'rsatmalar 2Mashg‘ulotlar turi.
|
Umumiy soat
|
II semestr
|
Nazorat turi va shakli
|
Baholash muddati
|
Yakuniy nazorat shakli
|
Ma’ruza
|
30
|
30
|
ON–test
|
17 hafta
|
test
|
Amaliy mashg‘ulot
|
36
|
36
|
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha yozma hisobotlar
|
Har bir ish yakunida
|
|
Mustaqil ta’lim
|
108
|
108
|
Berilgan mavzu bo‘yicha referat
|
ON va amaliy mashg‘ulotda
|
|
Attestatsiya
|
6
|
6
|
|
|
|
JAMI:
|
180
|
180
|
|
|
|
"ATROF MUHITNI MUHOFAZALOVCHI TEXNIKA" fanidan talabalarning faoliyatini baholash uchun topshiriqlar mazmuni
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM”ning 2-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Fan bo‘yicha bunday baholash o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda baholash og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, mustaqil ta’lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda o‘tkazilishi mumkin va uning natijalari fan o‘qituvchisi tomonidan oraliq baholash chog‘ida inobatga olinadi.
Amaliy mashg‘ulotlar
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan savollar va topshiriqlardan foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun:
a) dars mavzusi bo‘yicha nazariy materiallarni o‘rganish;
b) berilgan topshiriqlar, savollar va masalalarga javoblar tayyorlash kerak.
Uy vazifasini bajarish amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlikning bir qismidir.
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha savol va topshiriqlar namunasi.
Namuna-1.
4-Amaliy mashg‘ulot.
Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari bilan tanishish.
1.Asosiy texnologik jarayonlar deganda nimalar tushuniladi?
2. Kimyo sanoati jarayonlari va qurilmalari faniga birinchi bo‘lib kim asos solgan?
3.Asosiy kimyoviy jarayonlarda sistema deganda nima tushuniladi?
4. Sistema holatining o‘zgarishi, ya’ni uning harakati, rivoji nima deb ataladi?
5. Asosiy texnologik jarayonlar turiga nimalar kiradi?
6.Asosiy texnologik jarayonlarni sinflanishi.
7.Asosiy texnologik jarayonlarni xarakatga keltiruvchi kuchlarni ta’riflab bering.
8.Zichlik degani nima? Uni aniqlovchi formula va birligi.
9.Solishtirma og‘irlik degani nima? Uni aniqlovchi formula va birligi.
10.Qovushqoqlik degani nima? Uni aniqlovchi formula va birligi.
11. Suyuqliklarning harakatlanish rejimi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
12. Respublikamizda kimyo sanoatining o‘rnini qanday tasavvur qilasiz?
13. Kimyo sanoati mahsulotlaridan qaysilari to‘g‘risida tasavvurga egasiz?
14. Respublikamizda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun qanday extiyoj va imkoniyatlar bor?
15. Kimyo sanoati maxsulotlarining sifati qanday ta’minlanadi?
16. Kimyoviy ishlab chiqarishda suvning axamiyati qanday? Suvni tejash muammolari.
17. Kimyoviy korxonalarda energiya sarfini kamaytirish deganda nimani tushunasiz?
18. Atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurashning mohiyati nima?
19. Mamlakatimizda qanday azotli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi?
|
| |