• EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM BO‘YICHA USLUBIY KО‘RSATMA
  • EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI FANI BО‘YICHA MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA USLUBIY KО‘RSATMALAR
  • Pedagogika universiteti




    Download 1,92 Mb.
    bet1/10
    Sana17.11.2023
    Hajmi1,92 Mb.
    #100717
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ekologik madaniyat Мустақил таълим savolnoma


    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    TASDIQLAYMAN”
    Tabiiy fanlar fakulteti dekani
    _______b.f.d., prof. K.A. Saparov
    “___”_______________2022


    EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI FANIDAN
    MUSTAQIL TA’LIM BO‘YICHA USLUBIY KО‘RSATMA
    Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun


    TOSHKENT – 2022

    Tuzuvchilar: “Botanika va ekologiya” kafedrasi dotsenti SH.T.Yakubjonova.,


    о‘qituvchi B.B.Ishmо‘minov

    Fanni mustaqil ta’lim bо‘yicha uslubiy kо‘rsatma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida tasdiqlangan Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fani ishchi о‘quv dasturi asosida tayyorlangan.

    Ushbu Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan tuzilgan talabalar mustaqil ta’limi topshiriqlari oliy о‘quv yurtlarining Barcha ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun mо‘ljallangan. Unda “Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari” fanidan ajratilgan modullar, mavzular, kridetlar, soatlar keltirilgan. Uslubiy qо‘llanmaning asosiy mazmuni mustaqil ta’lim topshiriqlari, ularning mazmuni, mavzular bо‘yicha talabalar bajarishi kerak bо‘lgan mustaqil ta’lim topshiriqlar majmuasidan iborat. Shu bilan birga mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishga qо‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berilgan.



    Uslubiy qо‘llanma Nizomiy nomidagi TDPU Botanika va ekologiya kafedrasining 2022 yil ˍˍˍ ˍˍˍˍˍˍˍˍˍˍˍdagi ˍˍˍˍ - sonli yig‘ilishida muhokama etilgan va tasdiqlangan.
    EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI
    FANI BО‘YICHA MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA
    USLUBIY KО‘RSATMALAR
    Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fani bо‘yicha talabalarni mustaqil ta’limlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3l-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlagi tо‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 6-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standagtlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan.
    О‘quv rejada belgilanganidek, barcha ta’lim yо‘nalishida I kursning kuzgi va bahorgi semestrida о‘qitiladi. Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari uchun jami 120 soat, shu jumladan, 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy, 60 soat talabaning mustaqil ta’lim uchun ajratilgan.
    Talabaning mustaqil ta’limi о‘quv rejasida Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanini о‘zlashtirish uchun belgilangan о‘quv ishlarining ajralmas qismi bо‘lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
    Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi о‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan о‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
    Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan beriladigan mustaqil ta’limning shakllariga, universitet о‘quv-meyoriy hujjatlarida kо‘rsatilganidek, fan dasturidagi ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik kо‘rish, о‘qitiladigan fanga oid stend, jadvallar, slayd va animatsiyalar tayyorlash kiradi. Talabaning mustaqil ta’limini nazorat qilish shu fandan ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlarini olib boradigan о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriishi mumkin.
    Talaba uchun fan bо‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari tegishli kafedrada о‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan tuziladi.
    Mustaqil ta’limni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va о‘quv qо‘llanmalar, metodik qо‘llanma va kо‘rsatmalar, ma’lumotlar tо‘plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bо‘yicha avval bajarilgan ishlar banki xizmat qiladi.


    Download 1,92 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,92 Mb.