Ta‘minot jarayonida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi




Download 40.39 Kb.
bet2/8
Sana28.09.2023
Hajmi40.39 Kb.
#85253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Audit fanidan mustaqil ish-fayllar.org
2 5402245315568865435, o\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya 2, svetafor 11 (1), jangi-zbekiston-02.02.22.-23, Вазирлар Махкамасининг 2020 йил 31 декабрдаги 831 сон қарори (2), Artiqbaeva Ziywar Qonisbay qizi, Buxgalteriya xisobining axborot tizimlari 2018 @iqtisodchi kutubxonasi, tex xarita shablon.docx informatika, Futbol to, Tovushli ma, qadam ataggggg, Schmitt trigger tarkibi va ishlash prinsipi Gulnoz, 7-sinf-variativ-biologiya, Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
Ta‘minot jarayonida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi:
Xo’jalik subyektiga moddiy qiymatliklarning kelib tushishi, unga muvofiq rasmiylashtiriladigan shartnoma turi (etkazib berish, ayirboshlash, vositachilik va boshqalar);


    • mol yetkazib beruvchi yoki pudratchilarning turi (mulkdor, kreditor, vositachi), yuridik maqomi (yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy tadbirkor va h.k.);

    • yetkazib berish turi (xaridor transporti bilan, sotuvchi transporti bilan, avtotransport korxonalari xizmatidan foydalanish);

    • hisob-kitoblar tartibi.

Ta‘minot jarayoni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:



    • 1) moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta hajmi;

    • 2) uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta‘minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi;

    • 3) moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e‘lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish va yetkazib beruvchilar bilan hisobkitoblar uchun mas‘ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash;

    • 4) lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan x’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi.

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yo’nalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:


olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo‗natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to‗liqligini tekshirish.


    • -shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish;

    • -olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim qilinishini tekshirish;

    • -moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq to’lanishini tekshirish;

    • -auditor dastavval mahsulot yetkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi.

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi:


Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki hujjatlar ma‘lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko’rsatilishi lozim. Da‘vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga olishga yo’l qo’ilmaydi. Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, qabul qilingan va puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga qabul qilishning asoslanganligi va sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus e‘tibor qaratiladi.

    • sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma‘lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash;

    • yangidan sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;

    • foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;

    • soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;

    • hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini aniqlash.

Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’gri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan obyektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:



  • Auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o’tkazilganining to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g'ri tuzilganligiga alohida e‘tibor berish zarur.

  • Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me‘yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq. Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliya xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi.




Download 40.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 40.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta‘minot jarayonida quyidagilar asosiy shartlar jumlasiga kiradi

Download 40.39 Kb.