Mol yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko‘ra naqd pulsiz amalga oshiriladi hamda ular ikki guruhga bo‘linadi




Download 40.39 Kb.
bet5/8
Sana28.09.2023
Hajmi40.39 Kb.
#85253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Audit fanidan mustaqil ish-fayllar.org
2 5402245315568865435, o\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya 2, svetafor 11 (1), jangi-zbekiston-02.02.22.-23, Вазирлар Махкамасининг 2020 йил 31 декабрдаги 831 сон қарори (2), Artiqbaeva Ziywar Qonisbay qizi, Buxgalteriya xisobining axborot tizimlari 2018 @iqtisodchi kutubxonasi, tex xarita shablon.docx informatika, Futbol to, Tovushli ma, qadam ataggggg, Schmitt trigger tarkibi va ishlash prinsipi Gulnoz, 7-sinf-variativ-biologiya, Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
Mol yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko‘ra naqd pulsiz amalga oshiriladi hamda ular ikki guruhga bo‘linadi:
tovar operatsiyalar bo‘yicha;

moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha.


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ham yuqorida bayon qilingan barcha hisob-kitob operatsiyalari uchun xos bo‘lgan umumiy qoidalariga asosan o‘tkaziladi.

Hisob - kitob ma'lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma'lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.


Agar hisob-kitob ma'lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog‘ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
Hisob va hisobot ma'lumotlarining o‘zaro tengligi aniqlaganidan so‘ng, auditor mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig‘ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:

-analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjudligi;


-analitik hisob registrlarida ko‘rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma'lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga qo‘shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish) yo‘li bilan tasdiqlanadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari nazorat qilinadi.
Bunda hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o‘tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo‘qligi.
Auditor dastavval mahsulot yetkazib berish shartnomalari (ish va xizmat) uchun boshqa xo‘jalik shartnomalarining mavjudligi hamda shartnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchiligiga ataylab rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar hamda ular asosida amalga oshirilgan operatsiyalar haqiqiy emas deb topiladi. Auditorlar tekshirilayotgan korxonada bunday holatlar yo‘qligini aniqlashlari lozim.


Shundan so‘ng olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning to‘lig‘icha to‘g‘ri baholanganligi hamda hisob registrlarida aks ettirilganligi to‘g‘risida dalillarga ega bo‘lishi zarur.
Auditorlar dastlabki hujjatlar ma'lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar, schyot-fakturalar va loyiha -smeta hujjatlarining ma'lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni kirim qilishning to‘liqligi, to‘g‘riligi, o‘z vaqtidaligi to‘g‘risida dalillarga ega bo‘ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha to‘lov hujjatlarida QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko‘rsatilganligiga va QQS summasining hisob-kitob yo‘li bilan ajratib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga e'tibor qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar bo‘yicha QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo‘ladi. Uning qoplanishi to‘langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Hisob-kitob hujjatlari hali yetib kelmagan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to‘langan, lekin yo‘ldagi pullar (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.


Xorijdan olingan import mahsulot (ish, xizmat) lar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda, mulkchilik huquqi o‘tgan paytni, moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni kirim qilish sanasiga amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to‘lov hujjatlarining to‘lanishini, kurs farqlarini, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini va frankirovka (tovarni xaridorga yetkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning to‘g‘riligi tekshiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to‘lanishini tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi:
- qarzlarni qoplash bo‘yicha operatsiyalarning tegishli to‘lov hujjatlari (bank ko‘chirmalari va to‘lov topshirig‘i, o‘zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari, cheklar va shunga o‘xshash) bilan tasdiqlanganligi;
- to‘lov hujjatlarining haqiqiyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi (barcha majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko‘rsatilganligi, bank shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi hamda shunga o‘xshash);
to‘lov hujjatlari ma'lumotlarining 3110 - «Oldindan to‘langan ijara haqi», 3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to‘langan xarajatlar», 4310-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan avanslar», 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlari bo‘yicha hisob registrlarining ma'lumotlariga mosligi;
ushbu schyotlar bo‘yicha hisob registrlari ma'lumotlarining 5110, 5210, 5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va 6890 schyotlar bo‘yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorlikning qoplanishini tekshirish natijasida, auditor o‘zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o‘zaro hisob-kitoblar tartibidagi to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini hamda hisob registrlarida aks ettirishning to‘g‘riligini aniqlaydi.
O‘zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan, o‘zaro talablarni hisobga olish to‘g‘risidagi tomonlardan birortasining xati (arizasi).
Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki hujjatlar ma'lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko‘rsatilishi lozim. Da'vo muddati o‘tib ketgan qarzdorliklar bo‘yicha o‘zaro talablarni hisobga olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Amalga oshirilgan o‘zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, qabul qilingan va puli to‘langan moddiy qiymatliklar bo‘yicha QQSni hisobga qabul qilishning asoslanganligi hamda sotilgan tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha QQS hisob-kitobning to‘liqligini aniqlashga maxsus e'tibor qaratiladi.
Berilgan avanslar bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan avanslar» schyotining hisob registrlari, bank ko‘chirmalari hamda shartnomalar ma'lumotlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda mol yetkazib beruvchilarga avanslarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri berilganligi va olingan moddiy qiymatliklar uchun hisoblashilganda, ularning hisobga olinganligi aniqlanadi.
Auditor 3110 - «Oldindan to‘langan ijara haqi», 3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to‘langan xarajatlar», 4310-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan avanslar», 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlarning qoldiqlarini analitik hisob registrlari bo‘yicha tahlil qilish natijasida, moddiy qiymatliklar yetkazib berilgandan (ish, xizmat) so‘ng barcha berilgan avanslar bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilinganini aniqlaydi.
Ushbu talabga rioya qilinayotganligini nazorat qilish nafaqat debitor va kreditor qarzlar aks ettirilishining haqqoniyligini, balki QQSni hisob-kitob qilishga taqdim etishning o‘z vaqtidaligi, chet el valyutasida berilgan avanslar bo‘yicha kurs hamda summa farqlarini to‘g‘ri aniqlash uchun zarur.
Mol yetkazib beruvchilar bilan shartli birliklardan foydalanib hisob-kitob qilinganida, summa farqlarini aks ettirish to‘g‘riligi va quyidagi shartlarga rioya qilinishini tekshiradi:
- summaviy farqlar sarflarni buxgalteriyada tan olish sanasiga aks ettiriladi, ya'ni qarzning shakllanishi va o‘zgarishiga ta'sir ko‘rsatadi (6010, 7010 schyotlar bo‘yicha yozuvlar);
tovar-moddiy zaxiralar va asosiy vositalar haqiqiy xarajatlar summasi bo‘yicha tan olinadi, ya'ni kirim qilingan moddiy resurslar qiymati summaviy farqlarga tuzatiladi;
ijobiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini oshiradi (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar va Kt 6010 yoki 7010 schyot va Dt 4410, Kt 6010 - QQS summasi);
salbiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini kamaytiradi. (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar, Kt 6010 yoki 7010 schyot qizil storno bilan va Dt 4410, Kt 6010 yoki 7010 schyot - QQS summasiga qizil storno bilan);
moddiy zaxiralar sotilganda yoki ishlab chiqarishga berilgada (Dt 1010, Kt 6010 (7010), Dt 4410, Kt 6010 (7010) - QQS).
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish yakunida auditor aniqlangan kamchiliklar, shuningdek, nomuvofiqliklarni umumlashtiradi hamda qoldiqlar haqqoniyligining dastlabki baholanishini aniqlashtiradi.


Download 40.39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 40.39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mol yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko‘ra naqd pulsiz amalga oshiriladi hamda ular ikki guruhga bo‘linadi

Download 40.39 Kb.