• 3.Asosiy vositalar auditi
  • Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda odatda uchraydigan xatolar quyidagilar




    Download 40.39 Kb.
    bet6/8
    Sana28.09.2023
    Hajmi40.39 Kb.
    #85253
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Audit fanidan mustaqil ish-fayllar.org
    2 5402245315568865435, o\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya 2, svetafor 11 (1), jangi-zbekiston-02.02.22.-23, Вазирлар Махкамасининг 2020 йил 31 декабрдаги 831 сон қарори (2), Artiqbaeva Ziywar Qonisbay qizi, Buxgalteriya xisobining axborot tizimlari 2018 @iqtisodchi kutubxonasi, tex xarita shablon.docx informatika, Futbol to, Tovushli ma, qadam ataggggg, Schmitt trigger tarkibi va ishlash prinsipi Gulnoz, 7-sinf-variativ-biologiya, Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
    Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda odatda uchraydigan xatolar quyidagilar:
    • shartnomalar yo‘qligi yoki ular noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi;


    • mol yetkazib beruvchilardan olingan TMBlarni kirim qilinmasligi, bu esa, O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning xo‘jalik faoliyatining barcha omillarini to‘liq aks etishga tegishli bo‘lgan qismini buzishga olib keladi;


    • mol yetkazib beruvchilardan olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida kirim qilmaslik natijasida mol-mulk solig‘ining kamayishi;


    • asl nusxadagi hujjatlarni yo‘q qilib yuborish (to‘lov talabnomalari va topshiriqnomalari) va, odatda, qonunga xilof ravishda ushbu summalarni boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblar evaziga hisobdan chiqarish;


    • hisob yuritish hisobvaraqlarida haqqoniy bo‘lmagan debitorlik va kreditorlik qarzlarni aks etirilishi;


    • mol yetkazib beruvchilar hisobvaraqlarida ajratib ko‘rsatilgan QQS summalarini hisobvaraqlarda noto‘g‘ri va qonunga xilof ravishda aks ettirilishi;


    • hisobni tegishli ravishda olib bormaslik, hisobvaraqlarni noto‘g‘ri korrespondentlanishi, tahliliy hisob yo‘qligi va boshqalar.




    3.Asosiy vositalar auditi
    Asosiy vositalar auditining maqsadi - harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari to‘g‘ri hisoblanganligi hamda BHMS (MHXS) talablariga mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
    Asosiy vositalar bo‘yicha audit tekshiruvini o‘tkazish jarayonida auditorning vazifalari quyidagilardan iborat:
    -asosiy vositalar harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
    - buxgalteriya tizimi ma'lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo‘yicha hisoblashishlar haqiqatdan ham ro‘y berganligiga ishonch hosil qilish;
    - asosiy vositalarning barchasi to‘liq hisobga olinganligini tekshirish;
    - asosiy vositalar harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to‘g‘ri bajarilganligini o‘rganish;
    - balans hisobotida asosiy vositalar haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;
    - balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri guruhlashtirilganligiga va agar zarurat bo‘lsa, ular bo‘yicha zaruriy qo‘shimcha ma'lumotlar ilovalarda to‘liq va to‘g‘ri keltirilganligiga ishonch hosil qilish.
    ASOSIY VOSITALAR AUDITINI TAShKIL QILIShNING MEЪYoRIY-HUQUQIY ASOSLARI
    1. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni. Yangi tahriri, 2016 yil 13 aprel;




    1. O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. Yangi tahriri. 2021 yil 25 fevral;




    1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 2019 yil




    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 yildagi 54-sonli «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi nizom (o‘zgartirishlar bilan).




    1. «Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan mol-mulkning kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi haqida»gi nizom. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 23.07.2001 yilda 1054-son bilan ro‘yxatga olingan.




    1. «Balansdagi asosiy vositalarni hisobdan chiqarish tartibi haqida» nizom. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 28.02.2001 yilda 26-son bilan tasdiqlangan;




    1. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i;




    1. 5-sonli «Asosiy vositalar» O‘zbekiston Respublikasi BHMSsi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan;




    1. 16-sonli «Asosiy vositalar» buxgalteriya hisobining xalqaro standarti;




    1. «Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash haqida» yo‘riqnoma. 21-sonli BHMS. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 23.11.2002 yilda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan



    Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalariga muvofiq tekshiruvni yetti yo‘nalishga ajratish mumkin:

    - asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi;


    - asosiy vostalar harakatining auditi;
    - asosiy vositalar bo‘yicha eskirish to‘g‘ri hisoblanganligining auditi;
    asosiy vositalar qabul qilinishi bo‘yicha operatsiyalarni tekshirish;
    - asosiy vositalarni ta'mirlash bo‘yicha xarajatlar asoslanganligini tekshirish;
    - asosiy vositalar tugatilishi to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirish;
    - asosiy vositalarga oid operatsiyalar to‘g‘ri soliqqa tortilganligini tekshirish.
    Natijada mijoz moliyaviy hisobotning buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarida korxona moliyaviy holati va moliyaviy natijalarga doir ma'lumotlar BHMS talablariga mos bo‘lmagan tartibda keltiriladi.
    Amortizatsiya ajratmalarining me'yorlari har bir inventarь ob'ektning dastlabki qiymatiga nisbatan belgilangan foiz hisobida aniqlanadi. Ularning bir oylik me'yori bir yillik me'yorning 1/12 miqdorida belgilanadi.
    Asosiy vositalarning yangilanishida korxonalar va tashkilotlarning manfaatlarini oshirish maqsadida ularning faol qismi (mashina, uskuna, transport vositalari) bo‘yicha tezlashtirilgan eskirish me'yorlari qo‘llaniladi, ya'ni, ushbu mablag‘larning dastlabki qiymati ishlab chiqarish va operatsiya xarajatlariga, eskirish bo‘yicha ko‘zda tutplgan me'yorlardan tashqari qisqaroq vaqtda to‘liq o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun korxonalarga eskirish me'yorlarini ko‘pi bilan ikki marotaba oshirish ruxsat etilgan.


    Download 40.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda odatda uchraydigan xatolar quyidagilar

    Download 40.39 Kb.