|
to’laydi.
5. Tomonlarning mas’uliyati, bahslarni hal etish tartibiBog'liq Audit oquv amaliyoticoverto’laydi.
5. Tomonlarning mas’uliyati, bahslarni hal etish tartibi
5.1. Tomonlarning har biri ushbu shartnoma talablariga muvofiq o’z
majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, boshqa tomonga o’z majburiyatlarini
bajarishi uchun imkon boricha ko’mak ko’rsatishi zarur.
5.2. Ushbu shartnomani bajarish, shuningdek, shartnomaning buzilishi yoki
bekor qilinishi bilan bog’liq ravishda yuzaga keladigan barcha bahslar,
tushunmovchiliklar, ziddiyatlar tomonlarning o’zaro kelishuvida hal bo’lmasa,
tegishli xo’jalik sudida ko’rib chiqiladi.
5.3. Ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan
Buyurtmachi va Ijrochi amaldagi qonunchilik va ushbu shartnoma shartlariga
muvofiq mulkiy javobgar hisoblanadilar.
6. Maxfiylik
6.1. Oshkor etilmaydigan axborot hajmi Buyurtmachi tomonidan belgilanadi
va Ijrochi bilan shartnomaga alohida ilovada aks ettiriladi.
40
6.2. Tomonlar ushbu shartnomani bajarish chog’ida olingan axborot
maxfiyligini saqlash majburiyatini oladilar.
7. Yakuniy qoidalar
7.1. Ushbu shartnomaga barcha qo’shimchalar va o’zgartirishlar yozma
ravishda amalga oshirilganda hamda vakolatli shaxslar tomonidan
imzolanganda haqiqiy hisoblanadi.
7.2. Ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada imzolanib, tomonlarga bir nusxadan
berildi. Kelishuv amalga oshirilgan manzil: _____________ .
8. Shartnomaning amal qilish muddati va tomonlarning yuridik manzillari
8.1. Shartnomaning amal qilish muddati: _____________
8.2. Tomonlarning manzili va hisob raqamlari:
Ijrochi
|
| |