(Mavzuni 3-rejasidan foydalaning)
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida shartnoma tuzing. Hujjat matnida
auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risidagi shartnomaning asosiy shartlari ochib
berilishi kerak:
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi predmetini aniqlash va buxgalterlik
(moliyaviy) hisobot ishonchli ekanini tasdiqlash;
- auditorlar va tekshiriladigan korxona xodimlarining huquq va majburiyatlarini
aniqlash;
- auditorlik tashkilotining o’tkazilgan tekshiruvning sifatsizligi uchun javobgar
ekanini belgilash;
- intellektual mulk huquqiga rioya qilish va axborot maxfiyligini saqlash
masalasini qayd etish;
-shartnomani bajarish muddatini belgilash;
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasini bir tomonlama buzish jihatlarini
aniqlash.Shartnomada uni bajarish muddatlarini buzganlik uchun javobgarlik
ko’zda tutilishi kerak. Kelishmovchiliklarning oldini olish uchun shartnomada
ishning boshlanish va tugash muddati ko’zda tutilishi mumkin. Masalan,
tekshirishni boshlash sanasi sifatida biron-bir buxgalterlik hujjati taqdim etilgan
kunni hisoblash kerak.