• 3. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar (ARMT, IXR, NR,AR).
  • № 9 – «Muhimlik va auditorlik riski»
  • Audit o’quv amaliyoti cdr




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

     
     
     
    3-mavzu. Auditorlik tekshiruvida muhimlik va risk. 
    REJA: 


    1.Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati. 
    2.Muhimlik darajasini auditda qo’llash tartibi.
    3. Auditorlik riski tushunchasi, auditorlik risklarining maqbul to’plami va 
    unga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar (ARMT, IXR, NR,AR).
    4. Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash. 
    1.Muhimlik tushunchasi va uning auditdagi ahamiyati. 
    Muhimlik tushunchasi auditga oid manbaalar (ilmiy asarlar, o’quv adabiyotlari, 
    standartlar va b.)da umumiy negizga asoslangan holda turlicha ta’riflangan. 
    Masalan, professor M. M. To’laxo’jayeva ta’rifiga ko’ra, “Hisobotdagi foyda-
    lanuvchilarni qarorlar qabul qilishda chalg’itishi mumkin bo’lgan, oqibatda befoyda 
    moliyaviy sarf-xarajatlar, nobudgarchilikka va zararlarga olib keladigan xato va 
    tushirib qoldirishlar muhim, muhim (moddiy) hisoblanadi”(17. 107-b.). Umumiy 
    auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul 
    qilingan:0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100) 
    Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi subyektlar hisobotlarining 
    ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik 
    qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin 
    emasligi)ni ifodalaydi. Bu muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. 
    Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum 
    darajalari orqali ifodalanadi.
    Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada chalkashtirsa va 
    mazkur hisobot ko’rsatkichidan foydalanuvchining shu hisobotga asosan qabul 
    qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi (bilmasdan o’tkazib 
    yuborilishi) muhim hisoblanadi. Buxgalteriya hiso-botida yig’indisi katta summani 
    tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. 
    Auditor bitta muhim bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida 
    bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. Haqiqatda esa, 
    buxgalteriya hisobotida jamlanganida muhim tus oladigan bir nechta ahamiyatsiz 
    xatolar bo’lishi mumkin.
    2.Muhimlikni aniqlash auditning xalqaro amaliyotida №320-“Auditda muhimlik” 
    nomli standart (ISAs 320”Audit Materiality”) bilan tartibga solinadi. O’zbekistonda 
    esa bu borada №9 – “Muhimlik va auditorlik riski” nomli AFMS ishlab chiqilgan va 
    Moliya Vazirligining 1999 yil 4 avgustdagi 63 sonli buyrugi bilan tasdiqlangan, 
    hamda Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 3 sentyabrida 813 raqam bilan ro’yxatga 
    olingan. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy 
    hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda 
    muhim deb tan olinadi”.
    Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va 
    schetlarni aniqlash chog’ida muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning 


    50 
    asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schotlarga alohida e’tibor qaratish 
    zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday 
    auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan 
    foydalaniladi.
    Demak, muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
    xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash 
    hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) 
    uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
    Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan 
    fikrning muhim hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi 
    to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech 
    qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi.
    Muhim xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. 
    Jumladan, ham korxona rahbariyati, ham auditor tomonidan mavjud muhim 
    xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; 
    mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik 
    darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; 
    korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob 
    siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi. 
    Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim: 
    ➢ auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurligini aniqlashda
    ➢ xatolar ta’sirini aniqlashda.
    3. Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan 
    subyektiv 
    aniqla-nadigan, 
    moliyaviy 
    hisobotda, 
    uning 
    ishonchliligi 
    tasdiqlanganidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda 
    bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lganda, unda kamchiliklar mavjud deb 
    tan olinish ehtimolidir. № 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga 
    muvofiq muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobotdagi xatoning, ushbu 
    hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga 
    monelik qiladagan chegarasi tushuniladi .
    Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya 
    hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya 
    hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab 
    chiqarishlari lozim.
    Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanadi va mijoz-korxonaning 
    xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, 
    soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli 
    majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda 
    kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar.


    Muhimlik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning 
    absolyut va nisbiy miqdori. Xatoning absolyut miqdori – bu auditorning subyektiv 
    fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa 
    vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda muhim deb tan olinishi mumkin. Nisbiy 
    miqdor esa qabul qilingan tegishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida 
    aniqlanadi.

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish