Audit o’quv amaliyoti cdr




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/149
Sana25.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#145944
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
Bog'liq
Audit oquv amaliyoticover

3– bosqich 
Yakuniy 
(20 daqiqa) 
Yakunlash 
1. O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha 
baholarni e’lon qiladi.
2. 
Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda 
bajargan ishlarining ahamiyati va muhimligiga 
o’quvchilar e’tiborini qaratadi 
3. 
Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan 
tanishtirib, uyga vazifa beradi.  
Tinglaydilar
Uyga vazifani yozib 
oladilar. 
 
 
 
7-mavzu. Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi .
REJA: 
1.Auditorlik hisobotini tuzish va topshirish. 
2.Auditorlik xulosasini tuzish va uni yozish. 
1.Auditorlik hisobotini tuzish va topshirish 
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va 
baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish 
maqsadga muvofiqdir:
1.Audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-
xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot; 
2. Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.


Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan 
auditor(lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik 
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari 
ko’rsatilgan holda jo’natiladi.
Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu 
jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami 
va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida 
ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik 
yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi ko’rsatiladi.
Auditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga tayanadi 
va quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

xo’jalik yurituvchi subyektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish 
natijalari (batafsil bayoni); 

buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish 
natijalari; 

moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka 
rioya qilinishini tekshirish natijalari; 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning 
to’g’riligini tekshirish natijalari; 

aktivlar (mablag’lar) saqlanishini tekshirish natijalari.
Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

ichki nazorat tizimi xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati tavsifi va 
miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash

auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlangan, ichki nazorat tizimining 
xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos 
kelmaslik holatlarini bayon qilish.
Xo’jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining ahvolini 
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning 
belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; 

buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash 
tartibini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida aniqlangan katta 
qoidabuzarlik holatlarini bayon qilish.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish 
chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar 
quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliya-xo’jalik 
muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash; 


100 

xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-
xo’jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida 
aniqlangan katta nomuvofiqliklarni bayon qilish.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini 
tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzilgan va tegishli 
organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning to’g’riligini baholash; 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashning belgilangan 
tartibini buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni 
bayon qilish.


Download 7,03 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish