• Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
  • Auditorlik xulosasini tuzish va uni yozish




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

    2.Auditorlik xulosasini tuzish va uni yozish. 
    Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
    Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan 
    imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-
    modda).
    Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash 
    ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining 
    talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 – 
    “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi” nomli 
    auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
    Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 
    bo’lishi lozim.
    Kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi: 
    − auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar; 
    − litsenziyasining tartib raqami; 
    − auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va 
    berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati; 
    − auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining
    raqami; 
    − auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; 
    − tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti 
    rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
    − auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi subyektning 
    umumiy tavsifi.
    Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) 
    salbiy auditorlik xulosasi.
    Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar, gumonlar, mish-mishlar va boshqa 
    tasdiqlanmagan manbalardan olingan ma’lumotlarni keltirish mumkin emas. 


    Shuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar 
    bo’yicha sharhlar, masalan, “o’ta ketgan, ashaddiy sovuqqonligi natijasida. . . “ kabi 
    jumlalar bo’lmasligi kerak.
    Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik 
    faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda 
    tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka 
    tortilishiga sabab bo’ladi.

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditorlik xulosasini tuzish va uni yozish

    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish