150
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi
asosiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 1999-yil 5-
fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab
chiqarish va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hisoblanadi.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki,
mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi buxgalteriya
hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko‘rsatish) va realizatsiya bilan bog‘liq sarflar yig‘indisi kabi
aniqlanadi.
Tannarx soliqqa tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida esa soliqqa tortiladigan
bazani kamaytiradigan miqdor hisoblanadi. Ushbu ta’rifdagi tafovut faqat shaklan,
ya’ni atamashunoslik nuqtai nazaridan emas, balki miqdor jihatidan hamdir. Chunki
soliqqa tortish maqsadida hisoblanadigan tannarxga odatdagi faoliyat turlariga doir
sarflar belgilangan me’yor(limit)lar va cheklashlarni hisobga olgan holda qo‘shiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari to‘langan
vaqtidan qat’iy nazar (oldin yoki keyinchalik to‘langan), qaysi hisobot davriga taalluqli
bo‘lsa, shu davr tannarxiga qo‘shiladi. Xo‘jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik
aniqlik tamoyili tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zahira (ish,
xizmat)lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish(sarflash) fakti
ahamiyatli ekanini bildiradi.