|
Audit standardlari
|
bet | 3/5 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #274836 |
Bog'liq Auditning xalqaro standartlari (2)01
05
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 4-avgust PQ-5210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining (keyingi o‘rinlarda — XBF) Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — auditning xalqaro standartlari) quyidagilar kiradi:
auditning xalqaro standartlari;
sifat nazoratining xalqaro standartlari;
tahliliy tekshirishlarning xalqaro standartlari;
ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari;
turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tan olinadi.
01
2-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini ko‘rib chiqish
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari quyidagi tartibda tan olinadi:
auditning xalqaro standartlarini tan olish uchun O‘zbekiston auditorlar palatasi va XBF o‘rtasida shartnoma tuzish;
auditning xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilish;
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari matnini auditorlik tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilib borish;
Moliya vazirligi tashkil etgan komissiya tomonidan auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan tarjima qilingan auditning xalqaro standartlarini tarjima qilish tartibiga muvofiqligini tasdiqlash uchun XBFga yuborish;
XBF tomonidan tarjima qilish tartibiga muvofiqligi tasdiqlangan auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini qabul qilish;
auditning xalqaro standartlarini Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
01
|
| |