• 3-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini joriy etish
  • -bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini ko‘rib chiqish




    Download 0,88 Mb.
    bet4/5
    Sana12.10.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #274836
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Auditning xalqaro standartlari (2)

    2-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini ko‘rib chiqish
    5. O‘zbekiston auditorlar palatasi va XBF o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq XBFdan rasmiy ravishda qabul qilingan auditning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinadi. O‘zbekiston auditorlar palatasi XBFga yillik a’zolik badallarini to‘lab boradi.
    6. Tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi va ularning davlat tilidagi matni Moliya vazirligining hamda Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilikka taqdim etib boriladi.
    7. Jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligida komissiya tuziladi.
    Komissiyaning tarkibi va reglamenti O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
    Komissiyaning tarkibi vakolatli davlat organlari, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, auditning xalqaro standartlaridan foydalanuvchilar, auditorlik tashkilotlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lib, kamida yetti nafarni tashkil etadi.
    8. Komissiyaning auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligi bo‘yicha xulosasi asosidagi Auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi tarjimasi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan XBFga tarjima qilish jarayoniga amal qilinganini tasdiqlash uchun yuboriladi.
    02
    3-bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini joriy etish
    9. O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish to‘g‘risidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
    10. Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini amalga kiritish to‘g‘risidagi qarori XBF tomonidan tarjima qilish jarayoniga muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng qabul qilinadi.
    11. Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining auditning xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
    03

    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini ko‘rib chiqish

    Download 0,88 Mb.