Scientific Journal of
“International Finance & Accounting” Issue 4, August 2022. ISSN: 2181-1016
8
Fikrimizcha, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda
auditorlik
tekshiruvini
tashkil etish va o’tkazish bosqichlarini to’g’ri
va aniq belgilab olish hamda auditor ish
sifatini nazorat qilish orqali sifatli auditorlik
xizmatini ko’rsatishga erishish mumkin.
Buning
uchun
auditorlik
tashkilotidan
tekshiruv bosqichlarini aniq va batafsil shakl
hamda mazmunda belgilab olish talab etiladi.
Auditorlik
tekshiruvining
yuqorida
keltirilgan
bosqichlari
o’zaro bog’liq
bo’lsada, ularda qo’llaniladigan auditorlik
metodlari va bajariladigan amallar hamda
tayyorlanadigan auditorlik ish hujjatlari
tekshiruvni
tashkil
etish
shakli
va
maqsadidan
kelib
chiqib
bir-biridan
farqlanadi. Masalan, tashabbus tarzidagi
auditorlik
tekshiruvida
shartnomada
belgilangan
maqsaddan
kelib
chiqib,
tekshiruv ob’ektlari tanlanib, bosqichlar va
auditorlik amallari bajariladi. Biroq, rasmiy
auditorlik xulosasi tayyorlashni nazarda
tutuvchi auditorlik tekshiruvlari jarayonida
korxonaning
barcha
xo’jalik
muomalalarining qonuniyligi va moliyaviy
hisobotdagi
barcha
ko’rsatkichlarning
ishonchliligi to’liq o’rganilishi talab etiladi.
Demak, auditning sifatli amalga oshirilishi
uning bosqichlarida bajariladigan amallarni
qanchalik to’g’ri, to’liq va aniq bajarilishiga
bevosita bog’liq.
Fikrimizcha, audit usulini fan sifatida
ta’riflaganda, u foydalanadigan umumiy
tadqiqot usullarini dialektika, rasmiy mantiq
va tizimli yondashuv kabi usullarga ajratish
mumkin.
Audit
tadqiqot
ob’ektlariga
nisbatan professional qarorni shakllantirish
maqsadida umumiy usullarning barchasidan
auditorlik
dalillarini
to’plash
va
ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida
foydalaniladi. Shuningdek, auditning alohida
va
aniq
ob’ektlarni
tekshirishda
qo’llaniladigan xususiy yoki maxsus usullari
ham
mavjud.
Fikrimizcha,
auditorlik
faoliyatining uslubiy asoslari quyidagi
elementlardan tashkil topadi (1-rasm).