|
Auditing practice in uzbekistan improvement issuesBog'liq 3МЕЛИЕВ.И
Natijalar.
Respublikamizda auditorlik
faoliyatining mustahkam normativ-huquqiy
bazasini yaratish maqsadida ko’plab qonun
hujjatlari
yaratilganligiga
qaramasdan
hanuzgacha auditorlik kasbining ayrim
jihatlarini jumladan, auditorlik kasbining
axloqiy
me’yorlarini tartibga soluvchi
davlatning qonun chiqaruvchi yoki ijro
etuvchi organlari tomonidan tasdiqlangan
biror
rasmiy
me’yoriy hujjat ishlab
chiqilmagan. Bu borada faqatgina 2005 yil
26-avgustda O’zbekiston buxgalterlar va
auditorlar
milliy
assotsiatsiyasi
va
O’zbekiston auditorlar palatasi tomonidan
tavsiya
xarakteridagi
“O’zbekiston
auditorlarning
kasbga
oid
axloq
Kodeksi”ishlab
chiqilgan.
Respublika
auditorlik tashkilotlarida o’tkazilgan tahlillar
natijasida
amaliyotda
mazkur
Kodeks
tavsiyaviy
xarakterga
ega
ekanligi,
Kodeksda axloqiy me’yorlar mohiyati to’liq
ochib berilmaganligi va uni davlat organlari
tomonidan qat’iy rioya etiluvchi hujjat
sifatida tasdiqlanmaganligi sababli ushbu
Kodeksga
amaliyotda
etarlicha
rioya
etilmayapi.
Bizningcha,
auditorlarning
kasbga oid hulq-atvor me’yorlarini tartibga
soluvchi davlatning qonun chiqaruvchi yoki
ijro etuvchi organlari tomonidan rasmiy
tasdiqlangan muayyan normativ-huquqiy
hujjat ishlab chiqish zarur, deb hisoblaymiz.
Bu borada fikrimizcha, Amerika qasamyod
qilgan buxgalterlar instituti(AICPA)ning
“Kasbiy
etika
asoslari”
nomli
kontseptsiyasidan
foydalangan
holda
takomillashgan O’zbekiston auditorlarining
kasbga oid axloq Kodeksini ham ishlab
chiqish zarur deb hisoblaymiz. Bugungi
O’zbekiston
amaliyotida
auditorlik
faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi
quyidagi to’rt pog’onalardan iborat bo’lib,
mazkur
pog’onalar
tarkibi
quyidagi
1-jadvalda keltirilgan.
|
| |