|
Auditing practice in uzbekistan improvement issuesBog'liq 3МЕЛИЕВ.ИScientific Journal of
“International Finance & Accounting” Issue 4, August 2022. ISSN: 2181-1016
3
kabi masalalar yaxlit tarzda batafsil
o’rganilmaganligi, xususan, auditorlik
tekshiruvini rejalashtirish hamda o’tkazishni
takomillashtirishga
oid
chuqur
ilmiy
tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.
Respublikamizda audit bozori barqaror
rivojlanayotgan
so’nggi
yillarda
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalash jarayonlariga alohida
e’tibor
berilmoqda.
Zero,
auditorlik
xizmatiga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga oshib
borayapti. Shu bois, O’zbekistonda ushbu
faoliyatni rivojlantirish va xalqaro standartlar
asosida
tashkil
etish
davr
talabiga
aylanmoqda.
Auditorlik
faoliyatining
rivojlanishi va buxgalteriya hisobi tizimini
takomillashtirishning hozirgi bosqichi milliy
va
xalqaro
standartlarning
o’zaro
muvofiqligi masalalarini oldingi o’ringa
chiqardi va ularning dolzarbligi ushbu ikki
standartlar(auditning xalqaro standartlari va
moliyaviy
hisobotning
xalqaro
standartlari)ni amaliyotga joriy etishni
taqozo etdi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
ma’lumotlariga
tayanadigan
bo’lsak, 2021 yilda respublikamizda 96 ta
auditorlik tashkilotlari faoliyat ko’rsatib, ular
tomonidan6344
ta xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda
majburiy
auditorlik
tekshiruvlari o’tkazilgan.Biroq, o’tkazilgan
barcha auditorlik tekshiruvlari amaldagi
auditga oid qonun hujjatlari va auditning
xalqaro standartlari talablariga to’liq mos
holda o’tkazilgan deb bo’lmaydi. Chunki,
respublikamizda
auditning
xalqaro
standartlari me’yorlari barcha auditorlar va
xo’jalik
sub’ektlari
tomonidan
to’liq
o’zlashtirilmaganligi,
qolaversa,
ushbu
sohada auditga oid amaldagi qonunchilikka
kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar
auditorlik
faoliyatida
to’liq
joriy
etilmaganligi ushbu jarayonga salbiy ta’sir
etuvchi omillardan sanaladi.
|
| |