|
Auditing practice in uzbekistan improvement issuesBog'liq 3МЕЛИЕВ.ИYakuniy
bosqich
-
to’plangan dalillarning etarliligini tahlil qilish;
-
to’plangan dalillarni o’rnatilgan tartibga muvofiq shakl va mazmundagi hujjatlar
asosida tasdiqlanganligini o’rganish;
-
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan moddiy-javobgar shaxslardan aniqlangan holat
bo’yicha zarur tushuntirishlar olish;
-
to’plangan dalillarni mijozning o’zaro bog’liq taraflari yoki uchinchi shaxslar
ma’lumotlari bilan solishtirish;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi
omillar ta’sirini baholash;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatining tashkiliy va tarkibiy tavsifiga oid omillarni
o’rganish;
- mijozning moliyaviy va statistik hisobotlaridagi ko’rsatkichlarning amaldagi birlamchi
hujjatlar ma’lumotlariga mosligi, to’g’riligi va o’z muddatida foydalanuvchilarga taqdim
etilganligini o’rganish va baholash;
-
mijoz moliyaviy hisobotlarida kutilmagan foyda daromad sifatida ko’rsatilmaganligini
o’rganish;
-
mijoz moliyaviy hisobotiga tushuntirishlar va izohlar xatida mijoz faoliyatidagi
kutilmagan holatlarni tavsiflovchi axborotning mazmuni, ularni kelgusidagi natijalarga ta’siri,
moliyaviy ta’sirni baholash yoki bunday baholash o’tkazish mumkin emasligi bo’yicha
axborotlarning ochib berilganligini o’rganish;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan kutilmagan vaziyatlarning oqibatlari va ularning
mijoz moliyaviy natijalariga ta’sirini ob’ektiv baholanganligini o’rganish;
-
mijoz moliyaviy hisobotidagi favqulodda zararlarning mavjudligi va ularni moliyaviy
hisobotlarda majburiyat sifatida to’liq ochib berilganligini o’rganish;
-
to’plangan dalillar asosida oraliq auditorlik ma’lumotnomasini rasmiylashtirish;
- oraliq auditorlik ma’lumotnomalari asosida har bir tekshiruv ob’ekti bo’yicha umumiy
auditorlik ma’lumotnomasini tayyorlash va rasmiylashtirish;
-
rasmiylashtirilgan auditorlik ma’lumotnomalaridagi kamchiliklarni paydo bo’lish
sabablarini tahlil qilish;
-
auditorlik ma’lumotnomalarida aks ettirilgan kamchiliklarni pulda ifodalash va ularni
mijoz moliyaviy natijalariga ta’sirini baholash;
|
| |