|
Auditing practice in uzbekistan improvement issuesBog'liq 3МЕЛИЕВ.ИScientific Journal of
“International Finance & Accounting” Issue 4, August 2022. ISSN: 2181-1016
11
-
tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni paydo bo’lish sabablari va ularni tuzatish hamda
kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
-
auditorning auditni o’tkazish natijalari bo’yicha yozma taqdimnomani tayyorlash va
mijoz rahbariyatiga taqdim etish;
-
auditning xalqaro standartlarida keltirilgan shakl va mazmundagi auditorlik hisoboti
tarkibiy qismlarini shakllantirish va tasdiqlash;
-
auditorlik hisoboti taqdim etilishidan avval, mijoz rahbariyatidan 580-son “Yozma
taqdimnomalar” nomli xalqaro audit standartiga muvofiq rasmiy taqdimnoma xat olish;
-
auditning xalqaro standartlarida keltirilgan shakl va mazmundagi auditorlik xulosasi
shaklini tayyorlash va rasmiylashtirish;
-
tuzilgan auditorlik hisoboti va xulosasining nusxalarini mijoz rahbariyatiga taqdim
etish.
Bugungi
kunda
auditorliknazorati
moliyaviy
nazorat
tizimining
ajralmas
qismiga aylandi. Moliya tizimini izchil isloh
qilish
va
bozor
infratuzilmasini
takomillashtirish natijasida Respublikada
auditorlik
faoliyatining
mustahkam
me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi. O’z
navbatida uni rivojlantirishni jadallashtirish
maqsadida ta’sirchan iqtisodiy omillar
hamda soliq imtiyozlari va preferentsiyalari
qo’llanilmoqda, auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga litsenziyalar berish tizimi jiddiy
ravishda soddalashtirildi va erkinlashtirildi.
Biroq,
auditorlik
amaliyotida
korxona
aktivlari auditini, xususan asosiy vositalar
auditini o’tkazishning aniq tartib-qoidalari va
unda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan asosiy
jihatlar mazmun-mohiyatini ochib berish va
uni tahlil qilish bugungi kundagi o’rganilishi
dolzarb
bo’lgan
masalalardan
sanaladi.Shuningdek,
hozirgi
paytda
auditorlik
amaliyotida
auditorlik
tekshiruvlarini rejalashtirish, o’tkazish va
tekshiruv
natijalarini
umumlashtirish
jarayonida o’z echimini kutayotgan qator
muammolarni bartaraf etish, ularning nazariy
va
uslubiy
asoslarini
takomillashtirish
dolzarb ilmiy muammolardan sanaladi.
|
| |