213
uzatish uchun mo‘ljallangan axborot-hisoblash
qurilmalari hamda hisoblash
markazlari tizimiga ega bo‘lgan aloqa liniyalari kiradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (TJABT)
markazlashtirilgan nazorat tizimlariga (MNT) nisbatan anchagina ko‘proq
funktsiyalarga ega, jumladan:
-
oraliq va yakuniy texnologik va iqtisodiy ko‘rsatgichlarni hisob-kitob qiladi
va ularni ro‘yxatga oladi;
-
texnologik rejimlarning optimal ko‘rsatgichlarini aniqlaydi va optimal rejim
hosil qilishni ta’minlaydigan boshqarish signallarini hosil qiladi va
jarayonga topshiriqlar beradi;
-
texnologik jarayonlarda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni to‘g‘rilaydi.
Yuqorida qayd etilgan boshqarish funktsiyalarini
bajarish faqatgina elektron
hisoblash mashinalari (kompyuterli boshqaruv) orqali amalga oshirilishi va va ular
to‘rt xil rejimda ishlashi mumkin:
1.
Ma’luotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash.
2.
Operator maslahatchisi.
3.
Supervayzerli boshqarish.
4.
Aloqasiz boshqarish rejimlari.
Ma’lumki, elektr energiyasi shunday noyob va uni ishlab chiqarish va
iste’molchilarga yetkazib berish murakkab jarayon hisoblanadi.
Shu bilan birga
elektr energiyasiga bo‘lgan talab yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bulardan
tashqari elektr energiyasini ma’lum omborxonalarda saqlab bo‘lmaydi
va ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyasini faqatgina ishlatish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimi qo‘shni davlatlar energetika
tizimi bilan uzviy bog‘langanligi sababli ichki energetika tizimlari va ularning
sub’ektlarini nazorat qilish qabul qilingan “Xalqaro me’yorlar va qoidalar”ga javob
berishi shart. Shu sababli bugungi kunning
asosiy vazifalaridan biri
energonazoratni avtomatlashtirish hajmlari va elektr energiyasini tijoratli
(kommercheskiy) nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining (ETNQAT)
214
texnik va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish masalalarini ko‘rib
chiqishdan
iboratdir.
Elektr
energiyasini
tijoratli
(kommercheskiy)
nazorat
qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlarini (ETNQAT) qo‘llanilishi quyidagi iqtisodiy
afzalliklardan iborat:
-
differentsiyalashgan vaqt ta’rifi bo‘yicha hisob-kitobga o‘tish;
-
elektr energiyasini ishlab chiqarishdan iste’molchiga
yetkazib berishdagi
nobalanslarni hisoblash;
-
elektr energiyasini yo‘qolishlari va o‘g‘rilanishlarini o‘z vaqtida aniqlash;
-
energonazorat tizimida ishlayotgan xodimlarning javobgarlik darajasini
oshishi va ortiqcha xodimlar sonini qisqarishi.
Bugungi va ertangi kunning yanada dolzarb vazifalaridan
biri bu energetika
tizimlarida “Elektr energiyasini tijoratli (kommercheskiy) nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan ma’lumot-o‘lchov tizimlarini (ETNQAMO‘T) qo‘llashdir.
Ushbu tizimni ishonchli ishlashi uchun quyidagi elementlar va texnik vositalar
bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:
-
o‘lchov transformatorlari;
-
interfeys raqamli ko‘p funktsiyali mikroprotsessorli elektron schetchiklar;
-
zamonaviy sanoat kontrollerlari bazasidagi ma’lumotlarni to‘plash va
uzatish qurilmalari;
-
o‘lchov-hisoblash majmualari (ma’lumotlarni to‘plash markazi);
-
aniq vaqt signalini qabul qilish va sinxronlash qurilmasi;
-
avtomatlashtirilgan ish joylari;
-
zamonaviy komyuterlar va maxsus dasturlar va boshqalar.