- BOB. AVTOMATIK BOSYQARISН TIZIMLARINING




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

21- BOB. AVTOMATIK BOSYQARISН TIZIMLARINING 
PUXTALIGI
21.1. Umumiy tushunchalar 
 
Parametrlarning ko‘zda tutilmagan nominaldan og‘ishi va ayniqsa, roslash 
tarkibidagi hech bo‘lmaganda bir elementning ishdan chiqishi avtomatik rostlash 
tizimining (ART) nominal ishini izdan chiqaradi, ko‘pincha butun tizimni 
buzilishiga olib keladi. Elementlar parametrlarning o‘zgarish sabablari har xil. Xar 
bir element ma’lum material va ma’lum (nominal) ish sharoiti uchun hisoblanadi, 
shuning uchun elementlar parametrlarining olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni 
hisobga olmaganda aniq va bir xil bo‘ladi. Ammo elementlarni tayyorlash 
jarayonida elementlarning haqiqiy parametrlari hisoblangan qiymatlardan farq 
qiladi, bunga esa parametrdagi nososliklar sabab bo‘ladi. Ayniqsa, elementarlarni 
ishlatish vaqtida katta og‘ishlar paydo bo‘lishi mumkin, bu og‘ishlarning qiymati 
shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, normal ish nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yilgan 
chegaradan chiqadi. Masalan ARSga kiradigan kuchaytirgichning kuchaytirish 
koeffitsientining kamayishi statik xatoning kattalashishiga sabab bo‘ladi va 
aksincha, kuchaytirish koeffitsenti ortiqcha kattalashganda turg‘unlikning 
yo‘qolishiga va hatto rostlash sifatining yomonlashuviga olib keladi. 
Elementlar parametrlarining sochilish sabablar texnologik va ekspluatatsion 
turlarga bo‘linadi. 
Texnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar 
kiradi: 1) element tayyorlangan materialning xossalari tufayli bo‘lgan ruxsat, 
masalan, o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi yoki ferromagnit materialning 
magnit kirituvchanligi ma’lum qiymatga ega bo‘la olmaydi. Ular odatda 
nominaldan ortiq yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi: 2) elementlar 
detallarining o‘lchamlariga beriladigan ruxsat, masalan, mexanikaviy zvenolar 
orasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va hokazo. Ko‘rsatilgan sabablarning 
ta’sirini kamaytirish uchun elementlarning konstruktsiyasida rostlash moslamalari 
(o‘zgaruvchan qarshiliklar, sig‘im va xokazolar) bo‘lishi mumkin: bular 


216 
elementning parametrlarini ma’lum chegarada o‘zgartirish va zarur qiymatni 
o‘rnatishga imkon beradi. Shunisi muhimki, tizimni bunday rostlash parametrlarga 
bo‘lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi sharoitlardagina qisqartira oladi. 
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muhitning ta’siri, energiya manbai 
holatining ta’siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yeyilish kiradi. 
Tashqi muhit, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida elementlarni va 
butun tizimni ishlatish vaqtida muhit harorati, havoning zichligi, namligi, gaz 
tarkibi o‘zgaradi. Bularning hammasi avvalo alohida detallar va butun element 
parametrlarining (o‘tkazgichlar solishtirma qarshiligi, ish suyuqligi qovushoqligi 
va xokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Tizimni ta’minlovchi energiya manbaining holati ham element 
parametrlariga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko‘tarilishi 
relening yoki magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi, 
suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshenining siljish 
tezligini oshiradi. 
Avtomatik tizimlarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori malakali 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi. 
Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham 
nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar 
ishlatishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni 
bajaruvchi muhim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavoddan chiqarilishidan 
oldin “sun’iy” eskirtiriladi. 
Har bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach 
eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat’y nazar, almashtirilishi 
lozim. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- BOB. AVTOMATIK BOSYQARISН TIZIMLARINING

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish