218
Har qaysining buzilmay ishlash vaqti
t
1
, t
2
,…, t
r
bulgan
R
detallarning
o‘rtacha buzilmay ishlash vaqti quyidigicha aniqlanadi:
t
urt.
= (t
1+
t
2+
t
3+
t
n)
/P, (21.2)
Rad etishlarning xaqiqiyligi bilan ikkinchi davr uchun o‘rtacha buzilmay
ishlash vaqti orasida quyidagi bog‘lanishni yozish mumkin (
t
=
const
).
Qo‘shni ikki rad etish orasidagi o‘rtacha vaqt quyidagicha aniqlanadi:
t
urt.
= (t
1+
t
2+
t
3+
t
n)
/n, (21.3)
bunda
t
1
- birinchi rad etishgacha ishlash vaqti;
t
2
- birinchi va ikkinchi rad etishlar orasida ishlash vaqti;
tn - n-1
va
n
- rad etishlar orasida ishlash vaqti;
n
- rad etishlarning umumiy soni.
Buzilmay ishlash ehtimolligi deganda tizim (detal, element)
belgilangan
davr ichida ma’lum rejim sharoitida ishlatilganda rad etishning sodir bo‘lmaslik
extimolligi tushuniladi.
Ayrim detallarning puxtaligini ularning yuklamasi (elektr, mexanikaviy va
termik yuklamasini)
kamaytirish hisobiga ham, takomillashgan materiallar,
texnologiyadan foydalanish va tayer buyumlarni sinchiklab nazorat qilish hisobiga
xam oshirish mumkin. Bu tadbirlar yoki gabaritlarni
kattalashtirish bilan yoxud
narxni ancha oshirish bilan bog‘liq. Puxtalikni oshirishning ikkinchi yo‘li
rezervlashdir (zahiralash). Umumiy va ayrim rezervlash turlari bo‘ladi.
Umumiy rezervlashda har qaysi rostlagich yoki uning biror qismi xuddi
shunday rostlagich yoki uning qismi bilan rezervlanadi.
Rezerv rostlagichlar soni
rostlagichning vazifasiga qarab istalgancha bo‘lishi mumkin. Rezerv rostlagichni
ishga tushirish uchun avtomatik qurilma bo‘lishi shart.
Asosiy rostlagich ishdan
chiqqanda bu qurilma avtomatik tarzda ishga tushishi lozim.
Ayrim rezervlashda rostlagich elementlarining har biri yoki uning qismlari
xuddi shunday elementlar bilan mustakil rezervlanadi.
Tizimning puxtaliligini oshirishda avtomatikaning
elektr sxemalarni
takomillashtirish va soddalashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usul keng
qo‘llaniladi, chunki qurilmalarning puxtaliligini oshiradi, vaznini, gabaritlarini va
219
narxini kamaytiradi. Muhim ARS larda rad etishlarning oqibatini cheklovchi
sxemalar qo‘llaniladi, shuning uchun har qanday element
ishdan chiqqanda ham
halokat sodir bo‘lmaydi.