241
7-Ilova
Muallif to‘g‘risida
Vaxidov Abdunabi Xudoyberdievich – Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq
xo‘jaligi elektr energetikasi va elektrotexnologiya” kafedrasi mudiri, texnika fanlari
nomzodi, dotsent
1958 yil 23 iyunda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1981
yil, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari institutini
tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va
avtomatlashtirish.
Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
90 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 2
ta darslik, 6 ta o‘quv
qo‘llanma, 2 ta avtorlik guvohnomasi, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mavjud. “Moyli
ekinlar mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarining energiya samarador elektrotexnologiyasini
ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslari” doktorlik dissertatsiyasi mavzusida ilmiy ishlarni
olib bormoqda.
Uning rahbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 10
dan ortiq magistrlik
dissertatsiyalari himoya qilingan. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib
kelmoqda. Kafedrada faoliyat yuritib kelayotgan 05.20.02-“Elektrotexnologiya
va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi elektr qurilmalari” ilmiy-texnik seminari ilmiy kotibi. ToshDAU Ilmiy
va o‘quv-uslubiy Kengashlari a’zosi.