|
Avtomatlashtirish va boshqaruv
|
bet | 1/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #133576 |
Bog'liq Tajriba uzb 14
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
“AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV” KAFEDRASI
AVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI
fanidan
TAJRIBA MASHG'ULOT
II QISM
TAJRIBA MASHG’ULOTI №1.
Tajriba mavzusi: Nochiziqli boshqarish sistemalarini modellashtirish
Tajriba maqsadi: Nochiziqli ABS lar modellashtirish haqida dastlabki ma’lumotlar berish va ularning xususiyatlarini o’rganish
.
Nazariy ma’lumotlar
Reja:
Nochiziqli boshqarish tizimlari.
Nochiziqli ABSlarni modellashtirish.
Nochiziqli ABSlarga modellashtirishga misollar.
Nazariy ma’lumot
Nazariy qism: Matematik modellash – modellarni qurish va o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan ob'ekt o‘rniga model deb ataluvchi moddiy ob'ekt olinadi. O‘rganilayotgan ob'ektga o‘xshash modelning jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi. Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to‘g‘ri analogli qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning matematik tavsifini bir qator elementar matematik operatsiyalar bajarib tiklanadi. Bu operatsiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda yechish yoki bitta elementni ko‘p marta yechish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan farqli ravishda alohida elementlarga bo’linmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni qurilmada o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va haqiqiy jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma'noli moslashuvi (tanlangan analogiya tizimiga ko‘ra) ko‘rsatish mumkin.
O‘rganilayotgan ob'ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob'ektning matematik modelini qurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni bajarish demakdir.
Modellash vazifasini aniqlash:
-ob'ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi;
-matematik tavsifni tuzish;
-modellovchi algoritmni ishlab chiqish;
-olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash;
-modellash (ob'ektning matematik modelini tadqiq qilish;
-olingan ma'lumotni tahlil qilish.
|
| |