"Avtomobil transporti toʻgʻrisida"gi qonunning mohiyati




Download 180,48 Kb.
bet3/3
Sana11.12.2023
Hajmi180,48 Kb.
#116019
1   2   3
Bog'liq
Avtomobil transporti toʻgʻrisi (2)

Sanchiladigan, kesadigan qurollar va uchli narsalar – undan foydalanib tan jarohati yetkazish mumkin boʻlgan har qanday sanchiladigan yoki kesadigan narsa;
Toʻmtoq uchli narsalar – undan foydalanib tan jarohati yetkazish mumkin boʻlgan har qanday toʻmtoq uchli narsa;
Portlaydigan va tez oʻt oladigan moddalar – yoʻlovchilar va ekipaj sogʻligʻi yoki aviatsion xavfsizlik, havo kemasining uchish xavfsizligiga yoki mulkiga tahdid soluvchi har qanday portlaydigan va tez oʻt oladigan moddalar;
Kimyoviy va zaharli moddalar – yoʻlovchilar va ekipaj sogʻligʻi yoki aviatsion xavfsizlik, havo kemasining uchish xavfsizligiga yoki mulkiga tahdid soluvchi har qanday kimyoviy va zaharli modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar tasdiqlangan. Avtobus yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temiryoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va qoidalari, avtomobil yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari, boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini qanoatlantirishi kerak.
Bundan tashqari, avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat koʻrsatish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yoʻriqnomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak. Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar, turistik yoʻnalishning qatnov yoʻli sxemalari boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik qilishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarini yoki xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan joʻnab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi.
Avtobus yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar qurilish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi nosozliklar paydo boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus harakati darhol toʻxtatilishi kerak. Bu haqida eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchi almashtirishi, tashishning bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi majburiy boʻlgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Har biriga 30 kishidan ortiq odam sigʻadigan ikki yoki undan ortiq avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam sigʻadigan yoʻlovchilar tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan shaxs belgilanadi.
Download 180,48 Kb.
1   2   3




Download 180,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Avtomobil transporti toʻgʻrisida"gi qonunning mohiyati

Download 180,48 Kb.