–rasm. Beshta engil avtomobilga mo‘ljallangan dam olish maydonchasini loyihalashga misol




Download 1.49 Mb.
bet6/9
Sana20.05.2022
Hajmi1.49 Mb.
#21543
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash
1-amaliy mashg\'ulot(Asоsiy temоdinamik hоlat parametrlari), Elektromagnit tizimli asboblar, Adittiv va multiplikativ xatoliklar, Xorijiy mamlakatlarda texnik jihatdan taribga solish soxasidagi faoliyati, Amaliy ish, Sementbeton qoplamalari, Boshqaruv qarorlar qabul qilish usullari, Bitiruvchi talabalarni mutaxassiliklari bo’yicha ishga yo’naltirish, marketing. Ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik, Dissertatsiya mavzusi, Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali ko‘kalamzorlashtirish, МАЪРУЗАЛАР МАТНИ, 4-mavzu. Biznesda tashkiliy-farmoyish hujjatlar Reja, Binolarning energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari, 1-maruza
26–rasm. Beshta engil avtomobilga mo‘ljallangan dam olish maydonchasini loyihalashga misol.
a – dam olish maydonsaini andozaviy loyihasi; b – maydonchani ko‘kalamzorlashtirish rejasi; 1 – hojatxona; 2 – o‘rindiqlar.
Maydon territoriyasida transport vositalarini yuvish va ularga moy quyish qat’iyan mann etiladi. Qisqa muddatli to‘htash joylari maydonlarini jihozlashda kamida yo‘l bo‘yida hojatxona, yog‘ingarchilikdan saqlovchi qurilmalar, stol, o‘rindiqlar, axlat uchun urnalar, axlat uchun konteynerlar, aloqa vositalari, axborotlar tavsiya etiladi. Qisqa muddatli to‘htash (kutish) joylari o‘z ichiga ikkita mintaqani oladi: engil va yuk avtomobillari uchun to‘htash joylari. YUk avtomobillari mintaqasida og‘ir yuk avtomobillari va avtobuslarini aloxida joylashtirish lozim. Hamma turdagi maydonchalar qoplamalari maxalliy materiallardan, to‘xtash joylari esa mustahkam materiallardan qilinishi lozim. YUk avtomobillari to‘htash joylari va estakadalarida benzin moy ushlagich qurilmalari bo‘lishi shart.
Maydoncha o‘lchamlari ularni perpendikulyar eki burchak ostida joylashtirilganda bir engil avtomobil uchun 5,0x3,0 m, yuk avtomobillari uchun – 8,0x3,5 m, tirkamali yuk avtomobillari (refrejatorlar) uchun – 25,0x3,5 m va ularga mos ravishda parallel joylashtirilganda maydonchalar o‘lchami 7,0x2,5, 10,0x3,0, 20,0x3,0 m bo‘lishi lozim. Har bir bo‘lim o‘ziga tegishli maydonga ega bo‘lib ma’lum bir arxitektura va maxsus ko‘rinishga ega. Kuzatish estakadalari engil va (yoki) yuk avtomobillari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tupik yoki o‘tib ketuvchi ko‘rinishida bo‘ladi. Estakadalar yig‘ma yoki yaxlit temir betonli, temirdan qilinadi. Kanalizatsiyali yoki kovlab betonlangan, devorlari g‘ishtli va temirbeton tomli xojathonalar andazaviy loyihalarga mos ravishda qilinishi kerak. Yo‘l tomondan qo‘shimcha manzarali to‘siqlar o‘rnatiladi. Har xil ko‘rinishdagi, ko‘chirilib yuruvchi, betonli, toshli va yog‘och oyoqli, o‘rindiqlari taxtadan yasalgan temir betonli stollar va o‘rindiqlar alohida yoki o‘choqlar yonida qilinishi mumkin. Dam olish maydonlari to‘g‘risida axborot berish uchun 2 va 5 km masofada ikki tomonlama maydongacha va maydonga tushish yo‘ligacha «Dam olish maydonchasi» yo‘l belgisi o‘rnatilishi lozim. Dam olish maydonlaridan oldin maydonlardagi xizmat ko‘rsatish elementlari va boshqalar to‘g‘risida axborot bo‘lishi lozim. Dam olish maydonlari ichida yo‘l ko‘rsatuvchi va harakatni boshqaruvchi belgilar qilinadi. Maydon ichida yo‘l bo‘yicha mavjud servis xizmatlari to‘g‘risidagi tablo o‘rnatiladi. Yirik axoli yashash punktlaridan oldin joylashgan dam olish maydonlarida tranzit transport vositalarini yo‘nalishi bo‘yicha belgilar o‘rnatilishi mumkin. Avttomobil yo‘llarini loyihalash normalarida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish inshootlari xarakatga xizmat ko‘rsatish majmualari tarkibida ko‘rilgan. I majmuada estakadalar, II va III majmualarda TXSH, TXKS va AYOQSHlar (4-jadval) ko‘zda tutilgan. Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni asosiy inshooti yo‘llardagi xarakatni to‘xtovsiz davom etishini ta’minlovchi avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari (AYOQSH) hisoblanadi. AYOQSHlarni to‘g‘ri joylashtirish yo‘l harakatini tashkil etishda muxim axamiyatga ega.
4-jadval.

Harakatga xizmat ko‘rsatuvchi majmua turi

Harakatga xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar

Dam olish maydonchasi

Estakada

TXSH

TXKS

AYOQSH

Savdo shahobchasi

Ovqatlansh korxonasi

Kemping

Motel

I

Q

Q

-

-

-

-

-

-

-

Ia

Q

-

-

-

-

-

-

-

-

I

Q

Q

-

-

-

-

-

-

-

IIa

-

-

-

-

Q

Q

Q

-

-

IIb

-

-

Q

-

Q

Q

Q

-

-

IIIa

-

-

Q

-

Q

Q

Q

Q

-

IIIb

-

-

-

Q

Q

Q

Q

-

Q

Eslatma: «Q» belgisi bilan shu majmua uchun ko‘zda tutilgan inshootlar beligilangan.


Harakatga xizmat ko‘rsatuvchi majmualarni joylashtirish yuqoridagi ko‘rsatilgan sxemaga mos kelmagan xollarda, AYOQSH quvvati va ular orasidagi masofa kelajakdagi harakat jadalligiga (20 yilga) bog‘liq xolda 5-jadvalda keltirilgan tavsiyalarga asosan qabul qilinadi.
AYOQSHlarni kichik radiusli egrilarda, ko‘rinish etarli bo‘lmagan va bo‘ylama qiyalik katta bo‘lgan uchastkalarda joylashtirish mumkin emas.
AYOQSHlarni shahobchadan chiqish vaqtida transport oqimi uchun murakkablik tug‘diradigan joylardan tashqarida joylashtirish lozim. AYOQSHlarga kirish va chiqish asosiy yo‘l bilan o‘tish-tezlanish tasmalari orqali kesishishi lozim. Chiqish joylari qatnov qismi kengligi kamida 6 m qabul qilinadi. Chiqish joylarining geometrik o‘lchamlari 40 km/soat tezlikni qoniqtirishi shart.
5-jadval.

Kelajakdagi harakat jadalligi, avt,/sut

AYOQSH quvvati, quyish/sut

AYOQSHlar orasidagi masofa, km

AYOQSHlarni joylashtirish

1000–2000

250

30–40

Bir tomonlama

2000–3000

500

40–50

Bir tomonlama

1000–5000

750

40–50

Bir tomonlama

5000–7000

750

50–50

Ikki tomonlama

7000–20000

1000

40–50

Ikki tomonlama

20000

1000

20–25

Ikki tomonlama



Oqimlarni kesishishi va har xil darajada maxsus transport tugunlari qilinmasligi uchun AYOQSHlarni yo‘lning ikki tomonida qilish tavsiya etiladi. Ajratuvchi tasmalar mavjud bo‘lgan xollarda AYOQSHlar yo‘lning ikki tomoniga yo‘nalish bo‘yicha 300-400 m da joylashtirish tavsiya etiladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (TXKS), AYOQSH va harakatga xizmat ko‘rsatish xizmati bilan yagona majmuada joylashtirish lozim. Yo‘l harakatiga xizmat ko‘rsatish va tashkil etishda TXKSni axamiyati shundan iboratki, YTH keltirib chiqarishning asosiy sabablaridan bo‘lgan transport vositalaridagi texnik nosozliklarni yoki YTH oqibatida yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishadi.
Avtomobil transportini qulay va havfsiz, uzluksiz harakatlanishi, yo‘l va yo‘l inshootlarini saqlanganligi, texnik darajasni oshirish ishlari uchun yo‘l-foydalanish xizmatini tashkil etish lozim. Bu xizmat funksiyasiga avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash va ularning muhandislik jihozlash ishlarini bajarish kiradi.
Avtomobil yo‘llarida qoida bo‘yicha asosiy va qo‘yi yo‘l-foydalanish xizmati majmualari (YFXM) joylashtiriladi. Rejalashtirish tamoyillariga echimiga ko‘ra joylashishiga qarab YFXM bir maydonda va har xil territoriyaga bo‘linadi.
Vazifasi va texnologik talablarga ko‘ra xar bir YFXMlarida ma’muriy, ishlab chiqarish, omborlar, yordamchi yashash joylari har xil maqsaddagi xo‘jalik mintaqalari bo‘lishi shart. Keyinchalik rivojlanishi uchun YFXMlarida zahira joylari xam bo‘lishi mumkin. Yashash joylarini majmuadadn tashqarida aloxida qilish lozim.
Arxitektura-qurilish echimlariga ko‘ra YFXM qurilishi bir yoki ko‘p etajli bo‘lib, o‘z ichiga ma’muriy, ishlab chiqarish va maishiy mintaqalarini olishi mumkin.
Majmularni loyihalashda qoida bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni inobatga olish shart: YFXM axoli yashash joylaridan tashqarida yoki axoli yashash joylari yonida, yo‘l uchun ajratilgan mintaqa ichida joylshuvchi bir yoki bir-biriga yaqin joylashgan maydonlarda joylashtirishni; muhandislik kommunikatsiyalarini (tok manbai, ichimlik suvi, kanalizatsiya va b.) boshqa korxonalardan olib kelish imkoniyatini hisobga olgan holda; YFXM mintaqasida yashovchi va ishchilarni oziq-ovqat, tibbiy yordam va boshqa xizmatlar bilan ta’mnlashni hisobga olgan xolda joylashtirish lozim.
Umumiy xolda YFXM quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ma’muriy mintaqa - idora binolari, oshxonalar (ovqatlanish uchun binolar), klub, ma’ishiy binolar, dam olish xonalari, tibbiy yordam shahobchasi, radio-telefon va teletayp bilan jihozlangan dispetcherlik binolari, yo‘l laboratoriyalari, kirish joylari;
- ishlab chiqarish mintaqasi – texnikalarni ta’mirlash bo‘yicha sex bo‘limlari, avtomobillar va yo‘l texnikalari uchun ochiq va yopiq to‘xtab turish joylari, dam olish maydonlari;
- omborlar – yaxmalakka qarshi, yo‘l qurilish materiallarini saqlash uchun ochiq va yopiq bo‘limlar;
- yordamchi mintaqalar – estakadali yuvish maydoni, yonilg‘i quyish shahobchalari, yong‘inga qarshi suv sig‘imlari hamda gul ekilgan joylar;
- yashash mintaqalari – doimiy ishchi va xizmatchilarning 50-100%ni yashash joylari bilan ta’minlash uchun bir yoki bir necha yashash binolari;
- xo‘jalik mintaqalari - qozonxonalar (zarur xollarda) va yonilg‘i omborlari, tozzalash inshootlari, suv jamlovchi qurilmalar, axlat yig‘ish joylari, chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash maydonlari, xo‘jalik bo‘limlari binolari (yordamchi ishlab chiqarishni tashkil etishda), issiqxona xo‘jaligi va boshqalar.
Ayrim standart bo‘lmagan belglar oldida belgini o‘qish uchun to‘xtash joylarida qilinishi lozim. SHunday qilib, yo‘nalish sxemasidagi to‘xtash joylari haqiqatdan har hil axborotlarni mujassamlashtirgan dam olish maydoniga aylanadi.

Download 1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



–rasm. Beshta engil avtomobilga mo‘ljallangan dam olish maydonchasini loyihalashga misol

Download 1.49 Mb.