Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet24/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Ko‘priklarda qo‘llaniladigan betonlarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar. Ko‘prik oraliq qurilmasi va tayanchlari betoni atrof- muhitdagi namlikdan va sizib chiquvchi suvlardan himoyalanadi, buning natijasida betonda buzilishlar bo‘lmaydi, armaturani zanglashdan saqlaydi.
Ko‘prik qurilishida qo‘llaniladigan suvdan himoyalovchi materiallar, surtiladigan va yelimlanadigan turlarga bo‘linadi. Surtiladigan himoyada sovuq bo‘yash va issiq suyuqlik surtash amalga oshiriladi. Sovuq bo‘yashda og‘ir benzin yoki kerosinda yondirilgan III va IV markali bitum, xuddi shunday qatronli laklar ham qo‘llaniladi. Sovuq bo‘yash birinchi qatlam bo‘lib, uning orqasida 2-3 mm qalinlikda issiq surtishni amalga oshiriladi. Issiq surtiladigan maxsus mumsimon material sifatida - bitumning mayda asbest tolali qorishmasi xizmat qiladi.
Yelimlab himoyalovchi materiallar sifatida asosi bitum bo‘lgan o‘romlar va asosi sintetik rezina bo‘lgan yangi materiallar ishlatiladi(butilkauchuklar).
Bitum asosli oddiy o‘rom material ruberoid hisoblanadi. U o‘rtacha himoya sifatiga ega bo‘lib, qog’ozni bitum asosida siqilgani uchun ko‘p ishlamaydi. Gidroizolning suv o‘tkazmaslik xususiyati yuqori bo‘ladi. Gidroizolning ham asosi bitum hisoblanib, u asbestli yoki sellyulozali kartondan tayyorlanadi. Ko‘p xizmat qilishi va suv o‘tkazmaslik qobiliyati yuqori bo‘lganligi uchun gidroizol ko‘priksozlikda keng qo‘llaniladi. Shisha qatlamli (gidrostekloizol) suvdan himoyalovchi o‘rom ham qo‘llaniladi, uning asosi shisha gazlama bilan armaturalangan. Uning mustahkamligi ishqorli muhitda o’ta past. Eng yaxshi suv o‘tkazmaslik xususiyatga va texnologik o‘sishga ega bo‘lgan folgoizol, qalinligi 3mm bo‘lgan tekis va taram-taram alyuminiy asosli o‘rom. Folgoizoldan alyuminiy ustun, yopishtirishda bitum rezinali suyuq mum qo‘llaniladi. Suv o‘tkazmaslik qobiliyati bo‘yicha u hamma materiallardan ustun turadi va boshqa materiallardan qiymati baland. Folgoizolni faqat katta mas’uliyatli inshootlarda qo‘llaniladi: kattaroq ko‘priklar va tonnellarda.
Bitumli suv o‘tkazmaydigan o‘rom materiallar bilan ishlashning asosiy yo‘li – albatta betonni bir marta bo‘yab mastikasiz yelimlash. Bitum bilan bo‘yalgan yuzani eritish uchun yelimlanayotgan material kengligini qoplovchi isituvchi qizdirgichlar ishlatiladi.
Bitumli suv o‘tkazmaydigan materiallar qo‘llanilganda issiqlikni cheklashda yangi suv o‘tkazmaydigan materiallarni ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Avtomobil ko‘priklarini himoyalashda butgizol materiali ishlab chiqildi – elastik sovuqqa chidamli (-70 sovuqgacha) asosi butilkauchik bo‘lgan rezinaga o‘xshash material. Rezinasimon o‘rom materiallarni sovuq mastika yoki yelim bilan yopishtiriladi.
Kelajakda qog‘oz ko‘rinishdagi polivinilxlorid, polipronilen, va polietilen sintetik material qatlamlarini himoyalovchi sifatida ishlatishning maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan izoplast, mostoplast va
dol’mostoplast o‘rom materiallarini yangi texnologiyasini tajribada tekshirishdan o‘tgan va keng qo‘llanilmoqda.

Download 5.75 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.