• Beton va armaturalarning hisobiy tavsifi.
  • Temirbeton ko‘priklar uchun armaturalar




    Download 5.75 Mb.
    bet23/97
    Sana09.06.2022
    Hajmi5.75 Mb.
    #23330
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
    Bog'liq
    N.Saydazimov DARSLIK (1)
    Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Temirbeton ko‘priklar uchun armaturalar. Temirbeton ko‘prik va quvur uchun ishlatiladigan armaturalar metallining markasi, hisob-kitob uchun SHNQ 2.05.03-12 ni 29 jadvalidan qurilish hududi tashqi muhitning sovuqroq 5 kunligi o‘rtacha harorati va konstruksiya qismlarining ishlash shartlariga bog‘liq holda olinadi. Temirbeton ko‘priklarda quyidagi turdagi armaturalar qo‘llaniladi:

    • issiq o‘qlovlangan tekis yumaloq sterjenlar AΙ sinfi; issiq o‘qlovlangan davriy shaklli AΙΙ, AΙΙΙ, AΙV, AV;

    • issiqda o‘qlovlangan davriy shaklli AT-ΙV, AT-V,AT-VΙ;

    • o‘ta mustahkam sovuq cho‘zilgan sim ВΙΙ;

    • o‘ta mustahkam sovuq cho‘zilgan davriy shaklli BpΙΙ;

    • o‘ta mustahkam sovuq cho‘zilgan k-7 davriy shaklli 7ta eshilgan simga o‘xshagan;

    • burom sim shaklidagi po‘lat arqon, ikki marta o’ralgan va yopiq.

    A-Ι dan A-ΙΙΙgacha bo‘lgan armatura sinflari zo‘riqtirilmaydigan armaturali konstruksiyalarda qo‘llaniladi. A-ΙV, A-V, AT-ΙV, AT-V, AT-VΙ sinfli armaturalar, yuqori mustahkam simlar, eshilgan simlar va kanatlar oldindan zo‘riqtiriladi, temirbeton konstruksiyalarda zo‘riqtirilmagan armatura sifatida ishlatiladi.
    Ko‘priklarda konstruktiv armaturalar sifatida A-Ι, A-ΙΙ sinfdagi armaturalar qo‘llash ruxsat etiladi. Konstruksiyalarni ko‘tarish uchun o’rnatiladigan ilmoqlarini A-Ι sinfdagi markasi BCT3cп2 va Aс-ΙΙ markasi 10ГT bo‘lgan armaturalar ishlatiladi. Termik jilov berilgan armaturalarni, yuqori mustahkam armaturali simlarni, K-7 sinfga oid armatura po‘lat arqonlar va boshqa har qanday kanatlarning payvandlash taqiqlanadi, chunki konstruksiya qismlarining payvandlangan joylardagi mustahkamlik sezilarli pasayadi.
    Beton va armaturalarning hisobiy tavsifi. Kubikni siqish yo‘li bilan aniqlangan mustahkamlik beton mustahkamligining shartli tavsifi hisoblanadi. Konstruksiyadagi betonning haqiqiy mustahkamligi prizma ko‘rinishdagi beton namunasini siqishishga bo‘lgan mustahkamligi aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, uning balandligi ko‘ndalang o’lchamlaridan 3.5 martadan ko‘proq bo‘lishi kerak. Betonning prizmali mustahkamligi uning kubikdagi mustahkamligining 70...75% ni tashkil etadi. Betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi odatda kubdagi mustahkamligidan 10...15 marta kam bo‘ladi. Betonning buzilishga(materialning bir qismini boshqa qismiga nisbatan surilishi) mustahkamlik chegarasi uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasidan
    2.5 barobar ko‘p.
    Betonning hisobiy qarshiligini ko‘prik konstruksiyalarini o‘qdagi siqilish va cho‘zilishga birinchi chegaraviy holat guruhlari uchun hisoblashda me’yoriy qarshilikni unga to‘g‘ri keladigan betonning ishonchlilik koeffitsientiga va konstruksiyaning ishonchlilik koeffitsientiga bo’lish orqali aniqlanadi.
    Konstruksiyaning ishonchlilik koeffitsienti, ko‘prik konstruksiyalarining majburiyatini hisobga oluvchi, beton uchun λн=1.1 deb qabul qilinadi.
    Betonning hisobiy qarshiligini ikkinchi chegaraviy holat guruhlari uchun hisoblashda betonning ishonchlilik koeffitsienti λb=1deb qabul qilinadi.
    Armaturaning cho‘zilishdagi hisobiy qarshiligini birinchi chegaraviy holat guruhlari uchun hisoblashda me’yoriy qarshilikni unga to‘g‘ri keladigan armaturaning ishonchlilik koeffitsientiga va konstruksiyaning ishonchlilik koeffitsientiga bo’lish orqali aniqlanadi. Ular avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari uchun har xil bo‘ladi. Bunda inshootlarning majburiyat darajasini hisobga olinadi.
    Armaturaning cho‘zilishdagi hisobiy qarshiligining qiymatlari SHNQ 2.05.03-12 ni 3.12 jadvalida keltirilgan.
    Zo‘riqtirilmagan armaturaning siqilishdagi hisobiy qarshiligi, birinchi chegaraviy holat guruhlari uchun qo’llaniladigan, armaturaning beton bilan tishlashishi mavjud bo‘lganda unga to‘g‘ri keladigan armaturaning cho‘zilishdagi hisobiy Rs qarshiligiga teng deb qabul qilinadi. Zo‘riqtirilgan armaturadagi sal kattaroq siquvchi kuchlanish Rpc elementining siqilgan qismi kesimida joylashgan va beton bilan kirishgan, betonning siqilish chegarasi shartlariga asosan 500mPa dan ko‘p bo‘lmagan miqdorni qabul qilishi kerak.
    Ko‘prik va quvurlarning temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda beton va armaturaning egiluvchanlik tavsiflari moduli va Puasson (Elastik jism xarakteristikalaridan biri. Jism elementi nisbiy ko`ndalang deformatsiyasining nisbiy bo`ylama deformatsiyasiga nisbatining absolyut qiymati bilan o`lchanadigan kattalik.) koeffitsienti muhim hisoblanadi. Beton egiluvchan, qovushqoq va plastik material hisoblanadi.
    Uning kuchlanishdagi to‘liq deformatsiyasi egilishdagi, qovushqoq- egiluvchan va plastik deformatsiyalarini o‘z ichiga oladi, qaysiki kuchlanishning sathiga bog‘liq bo‘ladigan. Shuning uchun egiluvchanlik moduli kuchlanish sathiga va kuchlanishning ta’sir vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari egiluvchanlik moduli betonning mustahkamlik sinfiga bog‘liq bo‘lib mustahkamlik ortishi bilan u ko‘payadi; bundan tashqari betonning yoshiga va kuchlanish
    holatining turiga ham bog‘liq bo‘ladi. U betonga nam haroratda ishlov berilganda, beton vaqti-vaqti bilan muzlash-erish sharoitlarida ishlaganda quyosh radiatsiyasi ta’sirida kamayadi.
    Ko‘prik va quvurning temirbeton konstruksiyalarini loyihalashda betonning egiluvchanlik modulini hisobga olish qiyinlashadi, shuning uchun hisoblashda o‘rtacha qiymatni, betonning siqilishdagi egiluvchanlik moduli Eb ning shartli qiymati SHNQ 2.05.03-12 ni 28 jadvalidan olinadi.
    Issiqnamli muhitga qo’yilib ishlov beriladigan betonlar uchun shu bilan birga vaqti-vaqti bilan galma-gal, muzlab-erib turadigan sharoitda ishlovchi betonlarda egilish modulining qiymati 10% ga kamayadi, quyosh radiatsiyasidan himoyalanmagan konstruksiyalarning betonlari egilish moduli 15% kamayadi.
    Betonning siljishi moduli Gb 0.4ga teng deb qabul qilinadi, Puasson koeffitsienti µ=0.2 teng bo‘ladi.
    Armaturaning egilish modulini SHNQ 2.05.03-12 ni 34 jadvalidan olinadi. Metallni mustahkamligi oshirilsa, uning egilish moduli 206000 dan 196000 gacha kamayadi. Parallel sim bog‘lamining egilish moduli 177000 MPa deb, K-7 markali armatura bog‘lamining, aylana po‘lat arqonlar va ikki qavat bog‘langan po‘lat arqonlarniki 167000 MPa deb qabul qilinadi.

    Download 5.75 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




    Download 5.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temirbeton ko‘priklar uchun armaturalar

    Download 5.75 Mb.