Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet19/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Chegaraviy holat guruhlari. Muhandis ko‘prikchi hisob-kitob ishlarini bajarishi uchun quyidagi topshiriqlarni yechishi lozim bo‘ladi:

      • konstuksiyani yaratishda uning qismlari o‘lchamlarini aniqlash belgilangan yuklarni o‘tkazish uchun –konstruksiyani loyihalash topshirig‘ini bajarish;

        • bu konstruksiyani berilgan yuklarni o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda – konstruksiya qismlarini puxtalikka tekshirish topshirig‘i;

        • o‘sha konstruksiyaning eng katta yuk ko‘tarish uning haqiqiy holatini hisobga olgan holda aniqlashdagi – konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash topshirig‘i.

Ko‘prik va boshqa sun’iy inshootlarni chegaraviy holat guruhlari bo‘yicha hisoblanadi, Rossiya olimlari prof. I.S. Streleskogo, A.A. Tvozdeva, V.M. Keldisha , G.G.Karlsena, G.K.Evgrafova tomonidan 1950-yillarda yaratilgan.
Chegaraviy holat deganda, ekspluatatsiya davrida konstruksiyaga qo‘yilgan talablarni qoniqtirmay qolgandagi, o‘ziga qo‘yilgan mas’uliyatni va bajaradigan ishiga mos kelmaydigan holati tushuniladi.
Chegaraviy holat 2 guruhga bo‘linadi.

  1. ko‘tarish qobiliyati yoki ekspluatatsiya qilishga yaroqsizligi;

  2. me’yoriy ekspluatatsiyaga yaroqsizligi.

Birinchi chegaraviy holat guruhiga inshoot shaklining bardoshlilik xususiyatining yo‘qotishi; inshoot holatini bardoshlilik xususiyatining yo‘qolishi; egiluvchanlik, zaifligi, charchaganlik va boshqa buzilish tasnifiga ega holatlari; har xil kuch omillarining birgalikdagi ta’siri va atrof-muhitning zararli ta’sirlari; ekspluatatsiya qilishga yaroqsizlikka olib keladigan rezonans tebranishlar kiradi.
Ikkinchi guruh chegaraviy holatlarga ko‘prikni yaxshi holatda ekspluatatsiya qilishga qiyinchilik tug‘diradigan omillar kiradi, yoki ko‘p yil xizmat qilishini kamaytiradigan omillarning ta’siri natijasida yo‘l qo‘yilmaydigan siljishlar (egilish, cho‘kish, qayrilish burchagi), tebranishlar, yorilishlar kiradi.
Loyihada ko‘rsatilgan yuklama shartlariga to‘g‘ri keladigan shartlar navbatdan tashqari buzilishni tuzatish, hech qanday cheklovlarsiz ekspluatatsiya qilinishi, to’g’ri ekspluatatsiya hisoblanadi.
Konstruksiya hisobi uni 2 ta chegaraviy holatdan qaysinisi ta’sir etishidan qat’iy nazar undan himoya etish kafolatini berishi lozim.
Konstruksiyaning har qanday qismi uchun har qanday birinchi chegaraviy holat guruhlari ta’sir etmaydi, agar kattaroq ta’sir etishi mumkin bo‘lgan Nmax eng kichkina yuk ko‘tarish qobiliyati Fmin dan katta bo‘lmaydi.
Nmax≤ F min (2.2)
Tengsizlikning chap tomoni (2.2) konstruksiyaga qo‘yiladigan yukka, hisobiy sxema va konstruksiya o‘lchamlariga bog‘liq, o‘ng qismi- materialning mustahkamligi, konstruksiya qismlarining geometrik ko‘ndalang kesim o‘lchamlari va shakliga bog‘liq.
Konstruksiyaga ta’sir etuvchi yuklar, konstruksiya materiallarining mustahkamligi, konstruksiya qismlarining geometrik o‘lchamlari qat’iy aniqlangan o‘lcham hisoblanmaydi, ular statik o‘zgarish xususiyatiga ega.
Ularni o‘zgarish darajalari eng to‘liq o‘lchamli tarqatishni tavsiflash egri chiziq orqali 2.5.a.rasmda ko‘rsatilgan. Bu rasmda ordinata o‘qi – holatlar



    1. rasm. Materiallarning mustahkamligi va yuklarning statik

o‘zgaruvchanligi
a- yuklarning zichligini taqsimlash yoki material mustahkamligi egrisining ko‘rinishi;

  1. materiallar qarshiligini me’yoriy sathini tanlash ; 1- ordinata o‘qi yo‘nalishida cho‘zilgan egri; 2- qiyalama egri; 3- ustunsimon jadval; 4-zich taqsimlangan

soni (yoki ularning chastotasi) qaysiki ko‘rib chiqilayotgan yuklar yoki mustahkamlik obtsissa o‘qiga qo‘yilgan. Ko‘rib chiqilayotgandagi yukning


ma’lum chastotasi yoki mustahkamlik qandaydir o‘rtacha miqdoriga ega. Bu o‘rtacha miqdordan og’ishda katta va kichik miqdorlarga o‘tish bo‘ladi. Egri chiziqning tavsifiga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan o‘lchamni o‘zgarish darajasi tahlil qilinadi: agar egri chiziq ordinata o‘qi uzunligi bo‘yicha ko‘tarilgan bo‘lsa (1-egri chiziq) bunda unga mos o‘lcham kichkina miqdorga o‘tish bo‘ladi, agar egri chiziq nishab bo‘lsa(2-egri chiziq), unda ko‘rib chiqilayotgan miqdor katta o‘zgaruvchanli bo‘ladi.
Material mustahkamligining statik tavsifiga ega miqdor va inshootga ta’sir qiluvchi yuk ularga mos egri chiziqlarning tahlil qilish asosida ularning me’yoriy va hisoblangan miqdorlar kiritish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ko‘prikka ta’sir etuvchi vaqtinchalik yuklarning me’yoriy miqdolari SHNQ 2.05.03-12 ga asosan aniqlanadi. Ular oldin ko‘rib chiqilgan edi. Doimiy yuklar uchun konstruksiyaning loyiha o‘lchamlari va materialning o‘rtacha solishtirma og‘irligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Qabul qilinadigan haqiqiy doimiy va vaqtinchalik yuklar me’yoriy yuklardan farq qiladi. Shuning uchun hisobiy yuklar R me’yoriy yuklarning Rm yuklarining salbiy tomonga og‘ishini ifodalovchi ishonchlilik koeffitsienti ko‘paytmasiga teng. (katta yoki kichik).
R= Rm Yf
Yuklarning ishonchlilik koeffitsienti Yf ko‘priklarni hisoblashda uning o‘zgarishini hisobga olgan holdagi qiymatini SHNQ 2.05.03-12 dan olinadi. (2.10da doimiy yuklar uchun, 2.23da vaqtinchalik yuklar uchun, 2.32da boshqa turdagi vaqtinchalik yuklar uchun). Bir qancha yuklarning bir vaqtda hisobiy yuklash, yuklarni ularning salbiy ta’sirlari hisobga olinadi. Bir xillash koeffitsienti η hisobiy yuklar bir vaqtda paydo bo‘lganda ularni kamayish ehtimolini hisobga oladi, va SHNQ 2.05.03-12 ni 2 ilovasiga asosan qabul qilinadi. Birinchi chegaraviy holat guruhi bo‘yicha hisoblashda hisobiy yuklarni ta’siri ishlab chiqiladi, ikkinchisida – me’yoriy yuklar ta’siri hisoblanadi, bunda Yf=1ga teng.

Download 5.75 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.